Yosh qutqaruvchi
Yosh qutqaruvchi
Professional ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan Oqqoʻrgʻon tuman 2 - son kasb - hunar maktabi tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi bilan hamkorlikda " Yongʻin xavfsizligi oyligi " munosabati bilan" Yosh qutqaruvchi" shiori ostida ko'rik tanlov o'tkazildi.
Tadbirda tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi, Normativ - texnik bo'linma boshligʻi,kapitan A.Qoshoqov so'zga chiqib o'quvchilarga favqulodda yo'ng'in va chaqnash hamda is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish haqida gapirib o'tdi. Shuningdek jarayonda avtoulov,kerakli jihozlardan qanday tartibda foydalanish hamda ishlatilishi haqida ham tushuntirib o'tdi.
Soʻngra kasb-hunar maktabning " Qo'riqlsh-yo'ng'n signalizatsiya elektromontyori" kasbidagi o'quvchilardan tashkil topgan "Uchqun" va " Otash" jamoalari o'rtasida 4ta shart bo'yicha qizg'in bellashuvlar bo'lib o'tdi.
Tadbirda g'olib jamoalar taqdirlandilar.