Zahiriddin Muhammad Bobur shoh va shoir
Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on shahridagi 11-IDUM da o’zbek adabiyotida Navoiydan keyin ikkinchi o’rinda turadigan vakilimiz, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbirda maktabning yuqori sinf o’quvchilari faol ishtirok etishdi. Tadbir davomida o’quvchilar tomonidan Mirzo Boburning hayot yo’li haqida sahna ko’rinishi namoyish etib berildi, g’azal va ruboiylaridan namunalar aytildi. Bobur Mirzoning dard-u hasratlari ila yo’g’rilgan g’azallarini o’quvchilar maromiga yetkazib aytdilar. Mana shunday tadbirlarning tashkil etilishi o’quvchilar qalbida vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirib boradi.
Saida Ilmuradova,
Kattaqo’rg’on shahar 11-IDUM MMIBDO’