“Zamin” folklor ansambli a’zolari Ispaniyada
Yangiliklar
25 / 06 / 2022
“Zamin” folklor ansambli joriy yilning 25-iyundan 2-iyuliga qadar Ispaniyaning Kalella shahrida o‘tkaziladigan “GRAND CALELLA FOLK FESTIVAL” xalqaro folklor festivalida ham mamlakatimz nomidan ishtirok etadi.
Dunyoning 15 dan ortiq mamlakatining nomdor folklor jamoalari ishtirok etuvchi mazkur fetivalda ham mamlakatimiz madaniyati va urf-odatlarini o‘zida mujassam etgan chiqishlar jahon san’at ixlosmandalari hukmiga havola etiladi.
Ma’lumot uchun, “Zamin” folklor ansambli a’zolari Malayziya, Tailand, Turkiya va Indoneziya kabi qator davlatlarda o‘tkazilgan xalqaro festivallar va tanlovlar g‘olibligini qo‘lga kiritishgan.