mudira va bosh oshpaz ishdan olindi
Samarqandda bog‘cha bolalariga ajratilgan qariyb 5 kg go‘shtni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan xo‘jalik mudirasi va bosh oshpaz ishdan olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda joylashgan bog‘chada oshpaz va xo‘jalik ishlari mudiri go‘sht o‘g‘irlagani tasvirlangan video tarqaldi (https://t.me/TYUZBEK/24203).
Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi munosabat bildirdi (https://t.me/samudouz/4727).
Ma’lum qilinishicha, Paxtachi tuman «Hayit Elbegi» mahallasida joylashgan 28-sonli bog‘chaning bosh oshpazi O‘. A. pishirilgan 4,7 kg go‘shtni olib kirxonaga bekitib qo‘ygan. So‘ngra kirxona derazasidan pishgan 4,7 kg go‘shtni bog‘cha xo‘jalik mudirasi M. E. ga bergan. U go‘shtni bog‘cha hovlisidan olib chiqib ketayotganda bog‘cha tarbiyachilari N.N. hamda M.U. lar tamonidan ushlangan.
Ular bu ishni direktorning topshirig‘i bilan qilganini aytmoqda.
Bog‘cha bosh oshpazi O‘. A. va xo‘jalik mudirasi M. E. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.