”sovgʻa berib“, keyin qaytarib oldi...
“Qashqadaryo viloyat hokimi oʻrinbosari Rustam Yuldoshev va XTB boshligʻi Toʻlqin Karimov suratga tushish uchun ”sovgʻa berib“, keyin qaytarib oldi... ”, - nomli tarqalgan xabarlar asoslimi?
Nasafnews.uz saytining telegramdagi sahifasida yoritilgan “Qashqadaryo hokimi oʻrinbosari Rustam Yuldoshev va XTB boshligʻi Toʻlqin Karimov suratga tushish uchun sovgʻa berib, keyin qaytarib olgani aytilmoqda... ” sarlavhali murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi munosabati:
Maʼlumki, Shahrisabz shahridagi Madaniyat saroyida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish boʻyicha koʻrik-tanlov, festival va sport musobaqalari gʻolib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash tadbiri oʻtkazilgan edi.
________________________________________
Tantanali ravishda tadbirda oʻquvchilarga berilgan musiqa jihozlari tegishli Nizom talablari asosida topshirilganligini maʼlum qilamiz.
Qayd etish joizki, tantanali topshirilgan musiqa asboblari oʻrnatilgan qonuniy tartib asosida maktab balansiga kirim qilingan boʻlib undan barcha umumtaʼlim maktab oʻquvchilari foydalanib kelinmoqda.
Anglashimiz lozimki, Qashqadaryo viloyati hokimi oʻrinbosari Rustam Yuldoshev va Xalq taʼlimi boshqarma boshligʻi Toʻlqin Karimovlar suratga tushish uchun musiqa asboblari yoki sovgʻalarni berib soʻngra uni qaytarib olgan mazmunidagi murojaat haqiqatga yaqin emasligini maʼlum qilamiz.
Qashqadaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati