Mutaxassis
TerDU Amaliy psixologiya yo‘nalishi 3-kurs talabasiman. Maktabda ishlamoqchiman. Menga (minimal va maksimal) qancha ish stavkasi ajratilishi mumkin?
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra oliygohlarning pedagogika yoʻnalishlarida oʻqiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun maktablarga asosiy ishchi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin. Ammo talabalarning psixolog lavozimida ishlashiga ruxsat etilmaydi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 1-apreldagi 105-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi(maktab-internat) xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari”da psixologlarning malaka talablari belgilab berilgan. Unga koʻra psixolog lavozimida ishlash istagini bildirgan fuqaro kamida bakalavr darajasidagi psixolog yoki oliy ma’lumot va unga qo‘shimcha psixologiya yoʻnalishi boʻyicha qayta tayyorlov kursini tugatgan boʻlishi lozim. Talabalar esa ushbu talablarga mos tushmaydi. Chunki ular tugallanmagan toʻliqsiz oliy ma’lumotli shaxslar hisoblanadi. Shu sababli psixolog lavozimiga talabalarni ishga qabul qilish mumkin emas.
Shu kecha va kunduzda
KARIM BAHRIYEV: MATBUOTNING ULUG‘ XIZMATI ROSTINI YOZISHIDIR ASSALOMU ALAYKUM, MAHORAT BILAN BIRGA JASORATNI O‘RGANAYOTGAN JURNALIST DO‘STIM!
“Xalqaro bolalar kitobi kuni”
O‘zbekistonda ilk bor o‘zbek imo-ishora tili onlayn lug‘ati veb-sayti va mobil ilovasi ishlab chiqildi
M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali tashkil etilganiga 20 yil to‘ldi
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank