Hafiza RASHIDOVA
Qaysi guruhga kirmay “Menga layk bosing!”, “Tanishimga ovoz bering!” kabi iltimoslarga ko‘zimiz tushadi. Yaqinda ijtimoiy tarmoqda jajji ijodkorlar uchun onlayn tanlov o‘tkazildi. 1-sinfda o‘qiydigan nabiram yoshiga mos tarzda harakatlanuvchi robot, vertolyot, tank kabi o‘yinchoqlar yasaydi. Biz ham qiziqib shu tanlovda ishtirok etdik. Ammo o‘rin ololmadik. Bilasizmi, nima uchun, mana shu laykbozlik sabab. Qaysi ishtirokchi koʻp layk to‘plasa, shu gʻolib boʻlarkan. Laykbozlikni tuzalishi qiyin bo‘lgan yuqumli kasallikka o‘xshataman. Bu dangasalik va ishyoqmaslikning oliy ko‘rinishi emasmi? Layk yig‘ib g‘olib boʻlganlarning aksariyati yuqori o‘rinlarga noloyiq. Nabiram qatnashgan tanlov misolida bunga yana bir karra amin bo‘ldim. Tanlovlardan bu shartni tamoman olib, oʻrniga tuzukroq shartlar qoʻyish kerak! (2020-yil, 6-may).
Shu kecha va kunduzda
KARIM BAHRIYEV: MATBUOTNING ULUG‘ XIZMATI ROSTINI YOZISHIDIR ASSALOMU ALAYKUM, MAHORAT BILAN BIRGA JASORATNI O‘RGANAYOTGAN JURNALIST DO‘STIM!
“Xalqaro bolalar kitobi kuni”
O‘zbekistonda ilk bor o‘zbek imo-ishora tili onlayn lug‘ati veb-sayti va mobil ilovasi ishlab chiqildi
M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali tashkil etilganiga 20 yil to‘ldi
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank