2025-yilda magistraturani tugatganlar avgust-dekabr oylari attestatsiyasida ishtirok etishlari mumkinmi?
Oliy ta’lim

67
Savol: Men Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanidagi maktablarning birida Matematika fani oʻqituvchisi boʻlib ishlayman. Amaldagi toifam mutaxassis. Shu yili magistraturani tamomladim. Avgust-dekabr oylarida boʻlib oʻtadigan attestatsiyada birinchi toifaga da’vogarlik qilsam boʻladimi?
Javob: Hukumatning 2021-yil 17-sentabrdagi qaroriga ko‘ra, ilgari attestatsiyadan oʻtmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga belgilangan tartibda malaka toifasi(lavozim) beriladi.
Ushbu nizomning 10-bandiga muvofiq, ilgari attestatsiyadan oʻtmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoki oliy taʼlim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlarga attestatsiyaga jalb etilgunga qadar quyidagi tartibda malaka toifasi(lavozim) beriladi:
– magistr darajasiga ega mutaxassislarga, shuningdek, oliy maʼlumot darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumotli pedagog kadrlarga – ikkinchi malaka toifasi(katta oʻqituvchi lavozimi);
Qarorning 48-bandiga ko‘ra, pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanishi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanishi belgilab qoʻyilgan.
Bunday holatda, dastlab toʻgʻridan toʻgʻri ikkinchi toifa olish boʻyicha murojaat yuborishingiz, ikkinchi toifa Sertifikatini olingandan keyin esa birinchi toifa olish uchun navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etishingiz mumkin.
Shu kecha va kunduzda
Xalqaro hamkorlik
Bilasizmi?
Rasman: maktabdagi so‘nggi 6 yillik o’rtacha baholar test sinovlari baliga qo‘shilmaydigan bo‘ldi
Bilarmidingiz?
📊 Ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 8,9 % ga oshgan
Dolzarb mavzu
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Bilasizmi?
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank