O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi navbatdagi bitiruvchilarini kuzatdi
Iqtidorli yoshlar – yurt kelajagi

395
Ajdodlarimizning boy merosini o‘rganib, diniy va dunyoviy bilimlarni puxta egallagan, har tomonlama yetuk, barkamol avlodni voyaga yetkazishda o‘zining salmoqli hissasini qo‘shib kelayotgan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi navbatdagi bitiruvchilarini kuzatdi. Shu munosabat bilan akademiyada “Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchi!” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.
Samimiy va qizg‘in muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda bitiruvchi talabalar hamda ularning ota-onalari so‘z olib, akademiya rahbariyati va ustozlarga minnatdorlik bildirishdi. Jarayon sahna ko‘rinishlari, QVZ dasturlari, talabalar tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar, she’rlar, mehmon san’atkorlarning chiqishlariga ulanib ketdi.