Qabul – 2025-2026: ba'zi ta'lim yo‘nalishlarida talab o‘zgarmoqda

2025-2026-oʻquv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.
Bunda chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi oʻtkazilmaydi. Bundan oldin esa abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishi lozim.
2025-2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati quyida keltirilgan:
Birinchi fan sifatida aniq koʻrsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan boʻyicha, birinchi fan “Chet tili” deb koʻrsatilgan taʼlim yoʻnalishlariga esa, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.
Tasdiqlangan sertifikatlar roʻyxati ushbu havolada keltirilgan.
Shu kecha va kunduzda
Ommalashtirish nima uchun kerak?
Maktab psixologlari uchun oʻquv ‒ seminar tashkil etildi
TOSHKENTDA ILM VA MADANIYAT NURI: FORSIYZABON JAMIYATLARNI O‘RGANISH ASSOTSIATSIYASINING 10-XALQARO ANJUMANI
TURTKI yoxud milliy sertifikat olish muammo emas!
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank