Qirg‘iziston oliygohida mamlakatga umuman kelmagan o‘zbekistonlik talabalar aniqlandi

Qirg‘iziston oliygohida mamlakatga umuman kelmagan o‘zbekistonlik talabalar aniqlandi
Ular Qirg‘iziston hududida umuman bo‘lmagan, ammo universitetda faol talabalar sifatida qayd etilgan.
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Ishenali Arabayev nomidagi Qirg‘iziston davlat universitetida rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish holatlarini aniqladi.
Jumladan, oliygohga rasman o‘qishga kirgan bir qator xorijliklar amalda Qirg‘iziston Respublikasi hududida bo‘lmagani va o‘quv jarayonida ishtirok etmagani ma’lum bo‘ldi. Biroq ularning hujjatlari universitetda faol talabalar sifatida qayd etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining "Xizmat soxtakorligi" moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Komissiya tekshiruvi qonunbuzarliklarni tasdiqlagan. Oqibatda, 59 nafar chet ellik fuqaro QDU talabasi safidan chetlatildi. Ta’kidlanishicha, ulardan 30 nafari O‘zbekiston fuqarolari, 20 nafari Qozog‘iston, 9 nafari Rossiya fuqarolari hisoblanadi.
Shu kecha va kunduzda
STRESS ASRIDA O‘SIB KELAYOTGAN AVLOD: bolalar, axborot va mental bosim
“Prezident sovg‘alari” karvoni
XATARLI GIRDOB
Ilgʻor pedagoglar hamda iqtidorli oʻquvchilarga dam olish maskanlariga bepul yoʻllanma beriladi
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank