VATAN HIMOYACHILARIGA TABASSUM ULASHGAN SAMIMIY UCHRASHUV
Dolzarb mavzu
39
FVV Akademiyasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida “Vatan himoyachilariga tabassum ulashib” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirda taniqli so‘z ustasi, karate boʻyicha Oʻzbekiston sport ustasi, madaniyat va sanʼat fidokori, kinoaktyor “Do‘stlik” ordeni sohibi Valijon Shamshiyev, Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, harbiy xizmatchilar, kursantlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida mehmon o‘zining hayotiy tajribasi, ijodiy faoliyati va erishgan yutuqlari haqida so‘z yuritib, yoshlar bilan samimiy muloqot qilib, ona Vatan ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan insonlarning fidoyiligi, kasbga sadoqati va yuksak mas’uliyati xususida fikr-mulohazalarini bildirdi.
Tadbir davomida Valijon Shamshiyev tomonidan favqulodda vaziyatlar tizimi harbiy xizmatchilarining xalq osoyishtaligi, fuqarolar xavfsizligi hamda insonlar hayotini asrash yo‘lidagi fidokorona xizmatlari alohida e’tirof etildi. Soha vakillarining jasorati, matonati, kasbiy mahorati va Vatanga sadoqati jamiyat taraqqiyoti hamda aholi farovonligini ta’minlashda muhim omil ekani ta’kidlandi.