ADOLATLI DARS TAQSIMOTI QANDAY BO‘LISHI KERAK?
Avgust – o‘qituvchilar uchun yangi rejalar, taraddud, hayajon va hatto ziddiyatlarga boy kunlar demakdir. Chunki har o‘quv yili oldidan bo‘ladigan dars taqsimoti jarayoni ko‘plab tushunmovchiliklar, muammo-yu savollarni keltirib chiqaradi. Ammo tizim va qonunlar, qoidalar to‘g‘ri ishlagan joyda hech qanday kelishmovchiliklarga o‘rin yo‘q. Bu jarayonda, albatta, ta’lim muassasalari rahbarlaridan qonun-qoidalardan xabardorlik va adolat talab etiladi.
“Ma’rifat” gazetasi ta’lim muassasalaridagi dars taqsimoti jarayonlari bo‘yicha o‘qituvchilarni qiynayotgan savollarga mutaxassislar ko‘magida javob topish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda ovozli chat tashkil qildi. Bu mavzuda ochiq muloqot o‘tkazilishi haqidagi e’longa ko‘ra, 3 kun ichida 70 dan ortiq savol kelib tushdi(jarayon davom etmoqda). Savollarning aksariyati – sertifikatli va sertifikatsiz o‘qituvchilar, talaba, tug‘ruq ta’tilidan chiqqan o‘qituvchilarga qay tartibda dars soati ajratish xususida ekan. Shu bois bir mazmundagi savollar umumlashtirildi. Savollarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘quv jarayonini metodik ta’minlash va darsliklar boshqarmasi bosh mutaxassisi Farruxjon URUNOV hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Inklyuziv ta’lim va mеhrli maktab faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Ro‘zibеk TO‘RAYЕV javob berdi. Quyida eng ko‘p berilgan va ko‘pchilikni qiziqtirgan savollar va ularga mutaxassis javobi bilan tanishasiz.
- Maktabda jami 37 soat tarix darsi va ikki nafar tarix fani o‘qituvchisi bor. Birimiz oliy toifali, birimiz ikkinchi toifalimiz. Bizga darslar qanday taqsimlanishi kerak?
- Ish stajim – 17 yil. 2-toifaliman. Oʻquvchim “Al-Xorazmiy” olimpiadasida tumanda 5-oʻrinni oldi. Sheriklarimdan biri oliy toifali. Yana biri 2-toifali. GRI xalqaro sertifikatiga ega. Ish staji 2 yil. Bizga darslar qanday taqsimlanishi kerak?
- 26 yillik ish stajim bor. OTMda 2-kursman. Direktorimiz “2-kursda ishlamaysan” deyapti. Aslida stajim va talabaligimdan kelib chiqib, necha soat dars olish huquqim bor?
- Har yili nafaqaga chiqishga 2-3 yil qolgan oʻqituvchilarga dars soati koʻproq beriladi. Nafaqa yoshiga yaqinlashgan ustozlarga toifasidan qat’i nazar, koʻproq dars soati berish mumkinmi? Agar mumkin boʻlsa, bu qaysi hujjatda belgilab qoʻyilgan?
- Ushbu savollar bo‘yicha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi(oldingi Xalq taʼlimi vazirligi), Iqtisodiyot va moliya vazirligi(oldingi Moliya vazirligi), Sogʻliqni saqlash vazirligining 2020-yil 20-iyundagi “Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizomda barcha me’yorlar keltirib o‘tilgan. Xususan, Nizomning 15-bandiga muvofiq har yili 15-sentabrga qadar oʻqituvchilarga dars soatlari quyidagi ustuvor ketma-ketlik asosida taqsimlanadi:
• xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;
• oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar gʻoliblari;
• chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi boʻyicha xalqaro sertifikatlarga ega oʻqituvchilar(TESOL
Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);
TOP-1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan oʻqituvchilar;
• asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;
• oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblari;
• respublika bosqichidagi koʻrik-tanlovlarda (Yil oʻqituvchisi) sovrinli oʻrinlarga ega boʻlgan oʻqituvchilar;
• oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilar;birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar;
• asosiy olimpiadalar viloyat va tuman bosqichi gʻoliblarining oʻqituvchilari;
• ikkinchi malaka toifaga ega oʻqituvchilar;
• pedagogik yoʻnalish boʻyicha magistr darajasiga ega oʻqituvchilar;
• belgilangan tartibda oʻz fanidan oʻtkazilgan nazariy va amaliy sinovlar natijasi boʻyicha aʼlo baholarga ega oʻqituvchilar;
• oliy maʼlumotli toifasiz oʻqituvchilar;
• qayta tayyorlash boʻyicha diplomga ega oʻqituvchilar;
• oliy taʼlim muassasalarining pedagogik yoʻnalish boʻyicha bitiruvchi bosqich talabalari;
• pedagogik yoʻnalish boʻyicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan
oʻqituvchilar;
• oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar oʻrta maxsus, professional maʼlumotga ega
oʻqituvchilar;
• oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar umumtaʼlim muassasasining tegishli mutaxassisligi boʻyicha rahbar xodimlari. Ya’ni birinchi navbatda tegishli toifaga ega boʻlgan oʻqituvchilarga taqsimlanadi.
– Oʻrta maxsus ma’lumotliman, 30 yildan buyon dars berib kelaman, sinf rahbarligim ham bor edi. Ammo bu yil dars berishmoqchi emas. Holat boʻyicha biror qonuniy huquqim bormi?
– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonida 2030-yilgacha umumtaʼlim maktablarida oliy maʼlumotli mutaxassis oʻqituvchilar sonini 100 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Shu sababli oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchilarga oliy maʼlumotli boʻlishlari uchun qator imkoniyatlar yaratilgan. Ushbu imkoniyatlardan foydalanishingiz maqsadga muvofiq.
Oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchilar taʼlim tizimida faoliyat yuritishni istasalar, hozirdan oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirib, oliy maʼlumotli boʻlishga harakat qilishlari kerak. Maʼlumot uchun: Pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarining sirtqi boʻlimlariga uch yillik pedagogik ish stajiga ega boʻlgan, oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchilar test natijalariga koʻra qabul qilinadi.
Oʻz oʻrnida, oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlangunga qadar oʻrta maxsus, professional maʼlumotga ega
oʻqituvchilarga dars soatlari “Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazilgan, roʻyxat raqami 3271)ning 15-bandiga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
– Matematika fanidan birinchi, fizika fanidan ikkinchi toifaga egaman. Dars taqsimotida har bir yoʻnalishimga alohida dars taqsimlanadimi yoki ikkisiga umumiy?
– Amaldagi qonunchilikka muvofiq dars soatlari oʻqituvchining mutaxassisligi(tegishli har bir fani) boʻyicha yutuqlariga koʻra taqsimlanadi.
– Direktor oʻrinbosari jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi. Men ham oliy toifali jismoniy tarbiya oʻqituvchisiman. Unga 10 soat, menga 20 soat dars berildi. Menga 24‒26 soat ajratishlarini soʻradim. Chunki direktor o‘rinbosari avvalgi yillarda ham lavozimiga doir ishlari ko‘pligi bois o‘ziga ajratilgan dars soatlarini o‘tmay kelgan. Deyarli har bir maktabda kuzatiladigan bunday holat o‘quvchi haqiga xiyonat emasmi? Bu holat ertaga qanchalik oʻzini oqlaydi?
– Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisida Nizomning 14-bandiga asosan xalq ta’limi muassasasining rahbar xodimi tomonidan uning egallab turgan shtat birligidan qat’i nazar, asosiy lavozimning bir haftada 10 soatgacha hajmda
oʻqituvchi lavozimi bilan qoʻshib olib borilishi(oʻquv yuklamasi yuritilishi)ga yoʻl qoʻyilishi belgilangan.
Shundan kelib chiqib, rahbar xodimlar egallab turgan shtat birligidan qat’i nazar, haftasiga 10 soatgacha hajmda
oʻqituvchi lavozimi bilan shugʻullanishlari mumkin.
– Kimyo fani oʻqituvchisiman, tabiiy fandan qayta tayyorlov kursida oʻqiyapman. Shu oy bitirib diplom olaman. Maktabimizda 5 nafar kimyo fani oʻqituvchisi bor. Biroq ularning tabiiy fandan diplomi yoʻq, ammo sertifikati borligi uchun dars berishadi. Diplom olsam, tabiiy fanlardan ham dars olsam bo‘ladimi? Dars taqsimotida diplom birinchi oʻrindami, sertifikat?
– Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 26-martdagi “Umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 2024-2025-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 94-son buyrugʻida Tabiiy fan(Science) fani boshlangʻich sinflarda boshlangʻich sinf oʻqituvchilari va 5-6-sinflarda Fizika, Biologiya, Geografiya fanlari oʻqituvchilari tomonidan oʻqitilishi belgilangan.
- Tarix fakultetining 2-kursida o‘qiyman. Sentabrdan 4 kun OTMda dars, 2 kun maktabda amaliyot boʻlarkan. Shu ikki kunga dars olmoqchiman. Menga dars berilishi mumkinmi?
- Xodimim oʻtgan yili sirtdan oʻqishga kirgandi. Oʻqishi bu yil yopilib ketdi. Shu oʻquv yilida sinf bering deb murojaat qilyapti. Unga qanday tartibda dars berishim lozim?
• Ushbu savollarga javob bitta ‒ Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qaroriga muvofiq oliy taʼlim muassasasining kunduzgi, kechki, sirtqi taʼlim shakllarining pedagogika yoʻnalishlarida oʻqiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab
oʻqishiga xalaqit bermagan holda umumtaʼlim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkinligi belgilangan.
– Bir yil davomida tugʻruq ta’tilida edim. Shu oʻquv yilida ishga qaytmoqchiman. Ta’til davrimda darslarim hali diplom olmagan, ayni vaqtda ham xususiy universitetda oʻqiyotgan talabaga berilgan. Ishga qaytsam, ikkimizga dars qanday taqsimlanadi?
– Agar talaba 3- yoki 4-kursda tahsil olayotgan bo‘lsa, yuqorida ta’kidlanganidek, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori va “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazilgan, roʻyxat raqami 3271) 15-bandida belgilangan koʻrsatkichlar ketma-ketligi asosida taqsimlanadi.
– Dars soati yetarli boʻlmasa ham toifasiz oʻqituvchini ishga olgan direktorga huquqiy chora koʻrish mumkinmi?
– Avvalambor, umumtaʼlim maktablarida yangi mutaxassisni ishga qabul qilishda ushbu mutaxassislik boʻyicha dars soatlari mavjudligini inobatga olish lozim.
– Oliy toifaga ega, lekin milliy sertifikati boʻlmagan oʻqituvchi; birinchi toifali, milliy sertifikatga ega oʻqituvchi va talaba oʻrtasida dars qanday taqsimlanadi?
– “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandida belgilangan koʻrsatkichlar ketma-ketligi asosida taqsimlanadi. Ya’ni birinchi navbatda oliy, ikkinchi navbatda birinchi va undan keyin oliy taʼlim muassasasida 3-kursda oʻqiyotgan talabaga taqsimlanadi.
– “Dars taqsimotida 3271-qaror shunchaki tavsiya, unga amal qilish majburiy emas”
deyishyapti, shu toʻgʻrimi?
– Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi qonunning 6-moddasida(Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 24-noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020-yil 18-dekabrda maʼqullangan) vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari normativ-huquqiy hujjatlarning turlari hisoblanishi belgilab qoʻyilgan.
Shundan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi(oldingi Xalq taʼlimi vazirligi), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (oldingi Moliya vazirligi), Sogʻliqni saqlash vazirligining 2020-yil 20-iyundagi “Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 8-mh, 28, 124/1-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazilgan, roʻyxat raqami 3271) normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.
– Oliy va 1-toifali oʻqituvchilarga dars qanday taqsimlanishi kerak? Misollar orqali aniq tushuntirib bersangiz.
– Masalan, maktabda boshlangʻich taʼlim yoʻnalishida jami 70 soat dars soati mavjud hamda 3 nafar fan
oʻqituvchisi bor. Ushbu oʻqituvchilarning biri oliy, ikkinchisi birinchi va uchinchisi ikkinchi toifaga ega. Mavjud 70 soat quyidagicha boʻlinadi:
Maʼlumot uchun: Maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega boʻlgan oʻqituvchining yozma roziligi bilan unga ajratilishi mumkin boʻlgan dars soatlari boshqa
oʻqituvchilarga berilishi mumkin.
– Dars soatining maksimal va minimal miqdori bormi? Ya’ni maktab rahbari qay hollarda mazkur fandan yana oʻqituvchi
olishi mumkin?
– “Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga ko‘ra, umumtaʼlim muassasalarining oʻqituvchilariga yillik bir yarim stavkadan(yillik 2 322 soat) ortiq dars soatlari berilishiga yoʻl qoʻyilmasligi belgilab qoʻyilgan.
Minimal bir haftada 10 soatgacha hajmda dars soati taqsimlanishi tavsiya etiladi.
– 20 soat maktabda va 1 soat uy ta’limi asosida darsim bor edi. Bu yil geografiya fani oʻqituvchisi tabiiy fan soatlarini olgani hisobiga menga maktabdan 18 soat va uy ta’limidan 1 soat dars berildi. 20 soat olishim uchun bitta sinfni men, bittasini u oʻqituvchi olsa boʻladimi? Lekin u kishi metodbirlashma rahbari ham, menga berishni istamayapti.
– Umumtaʼlim muassasalarida oʻqituvchilarga bittadan ortiq sinfga rahbarlik qilishga va mehnatini soatbay asosda olib boruvchi oʻqituvchilarga sinfga rahbarlik qilishga yoʻl qoʻyilmasligi(bunda boshlangʻich sinflarda sinf rahbarligi ona tili, oʻqish va matematika fanlaridan dars oʻtadigan oʻqituvchilarga yuklatiladi) belgilangan.
Shuningdek, mavjud dars soatlari lavozimga qarab emas, balki “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandida belgilangan koʻrsatkichlar ketma-ketligi asosida taqsimlanadi.
– TerDU Amaliy psixologiya yo‘nalishi 3-kurs talabasiman. Maktabda ishlamoqchiman. Menga (minimal va maksimal) qancha ish stavkasi ajratilishi mumkin?
– Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra oliygohlarning pedagogika yoʻnalishlarida oʻqiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun maktablarga asosiy ishchi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin. Ammo talabalarning psixolog lavozimida ishlashiga ruxsat etilmaydi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 1-apreldagi 105-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi(maktab-internat) xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari”da psixologlarning malaka talablari belgilab berilgan. Unga koʻra psixolog lavozimida ishlash istagini bildirgan fuqaro kamida bakalavr darajasidagi psixolog yoki oliy ma’lumot va unga qo‘shimcha psixologiya yoʻnalishi boʻyicha qayta tayyorlov kursini tugatgan boʻlishi lozim. Talabalar esa ushbu talablarga mos tushmaydi. Chunki ular tugallanmagan toʻliqsiz oliy ma’lumotli shaxslar hisoblanadi. Shu sababli psixolog lavozimiga talabalarni ishga qabul qilish mumkin emas.
‒ “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazilgan, roʻyxat raqami 3271) buzilgan holatlarda qayerga murojaat qilish lozim?
– O‘zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 20-iyundagi qarori ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 27-bandida mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘lishi bеlgilab qo‘yilgan. Shudan kеlib chiqib, qonunchilikka muvofiq tеgishli organ, tashkilotlarga murojaat
qilish mumkin.
‒ Mehnat qonunchiligida ish beruvchi barcha xodimlarni to‘liq ish bilan ta’minlagach, boshqa xodim olishi nazarda tutilgan. To‘liq ish deyilganda aynan necha soat(stavka) nazarda tutilgan?
‒ O‘zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 20-iyundagi qarori ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 17-bandida umumta’lim muassasalarining o‘qituvchilariga yillik bir yarim stavkadan (yillik 2 322 soat) ortiq dars soatlari bеrilishiga yo‘l qo‘yilmasligi bеlgilangan.
‒ Alohida ta’limga ehtiyoji bor bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab pedagoglariga dars qaysi mezon asosida taqsimlanadi? Ular uchun minimum va maksimum dars soatlari qancha?
‒ Alohida ta’limga ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-intеrnatlarda dars taqsimoti qisman “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazilgan, roʻyxat raqami 3271) talablariga tayanadi. Asosan, o‘qituvchining ma’lumoti (ya’ni muassasaning turiga ko‘ra ko‘zi ojiz bo‘lsa tifloni, eshitishida nuqsoni bor bolalar maktabi bo‘lsa surdoni, aqli zaiflar maktabi bo‘lsa oligofrеno pedagogikani bilishi), ish staji, dars o‘tish mahorati, ota-onalar bilan ishlash layoqati, muassasalarning ichki monitoring natijasiga ko‘ra mutaxassisning ishga munosabati, ochiq darslari, ichki tartib intizomga rioya qilishi, o‘tkazgan tadbirlari inobatga olinadi. Shunga ko‘ra, dars taqsimot qilinib, maktabning pеdkеngashi qarori bilan tasliqlanadi.
Dars yuklamasi(stavkasi) – (umumta’lim maktablari singari) boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun 18 soat, yuqori sinf o‘qituvchilari uchun 20 soat belgilangan.
‒ Bu yil 1-sinf oldim, menga 17 soat dars ajratildi. Sinfimda inklyuziv ta’lim o‘quvchisi ham, uy ta’limi o‘quvchisi ham bor. Ikki turdagi o‘quvchilarni ham o‘qitishim mumkinmi?
‒ Agar umumta’lim maktabi o‘qituvchisi bo‘lsa, inklyuziv ta’lim o‘quvchisini o‘qitishi mumkin. Uy ta’limida esa o‘quvchining nеchanchi sinfligi muhim. Unga o‘tiladigan darslarga o‘qituvchining mutaxassisligi mos kеlishi kеrak. Bu masalani maktab ma’muriyati ko‘rib chiqib hal qiladi.
Mavzu yuzasidan savollarni yig‘ish davomida dars taqsimotiga oid takliflar ham kelib tushdi. Jumladan, Zarafshon shahridagi 13-IDUMning fizika fani o‘qituvchisi Erkinjon YARASHEV shunday taklif bildirgan:
– Dars taqsimotida o‘qituvchi bir yil avval dars bergan sinflarning kamida 60 foizining bilim sifatiga, o‘quvchilar bilan munosabatiga(bu pedagog uchun 1-o‘rinda bo‘lishi kerak) va mehnat faoliyatiga qarash kerak. Ya’ni faoliyati 3 yildan ko‘p bo‘lmagan va faoliyatiga 30 yildan ortiq bo‘lgan o‘qituvchilarga 0.5 stavkadan ortiq dars bermaslik lozim. Sababi, birinchisida tajriba kam, metodika yo‘q. Ikkinchisida esa tajriba bor-u, metodika eski. Maktablarga metodikasi kuchli va yangilikka o‘ch o‘qituvchilar zarur.
Elnora QOBILOVA, Yakkabog‘ tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tarix fani o‘qituvchisi:
– Bugungi kunda dars soati yеtarli bo‘lmasa ham tashqaridan ortiqcha o‘qituvchilarni jalb qilib, dars soatini sun’iy ravishda kamaytirayotgan maktab rahbarlariga chora ko‘rilsin.
Shuningdek, mutaxassislar savollarga javob berarkan, pedagoglarni faoliyat yuritayotgan maktablaridagi dars taqsimotiga oid holatlarni to‘g‘ri baholashga chaqirdi ‒ “Ish beruvchi ham maktabdagi mavjud dars soatlaridan kelib chiqib taqsimlaydi, dars soati mavjud bo‘lmasa ham undan talab qilish xato”.
“Ma’rifat” gazetasi muxbiri
Shahnoza YANGIBOYEVA tayyorladi.
Shu kecha va kunduzda
“O‘zavtosanoat” o‘qituvchilarga imtiyozli avtokredit bilan avtomobillarni sotishdan bosh tortgani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi
Endi bolalar oromgohlariga yo‘llanma olish axborot tizimi “FHDYOning yagona elektron arxivi” AT bilan integratsiya qilinadi
Inson tanasi gadjetlarni energiya bilan ta’minlash uchun ishlatildi
Oʻzbekiston va Polsha oʻrtasida ta'lim sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga kelishildi
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank