Maktabgacha taʼlim tashkilotlari psixologlari uchun oʻquv-seminar o‘tkazilmoqda

Jarayon Maktabgacha taʼlim tashkilotlari psixologlari uchun oʻquv-seminar o‘tkazilmoqda
35



Bugun Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hamkorligida “Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi psixoemotsional holatdagi muammolar va ularni oldini olish, shuningdek tarbiyalanuvchilar shaxsiyatini shakllantirish” mavzusida oʻquv-seminar oʻtkazildi.


O‘quv seminardan asosiy koʻzlangan maqsad maktabgacha taʼlim psixologlarining huquqiy va axloqiy masʼuliyatini oshirish, ulardagi kasbiy soʻnishning oldini olish, stresslarga bardoshlilik darajasini yaxshilash, zamonaviy yondashuvlar va metodlar orqali ularning bilim va koʻnikmalarini rivojlantirishdir. Seminarda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 170 nafar maktabgacha taʼlim psixologlari hamda 22 nafar trenerlar ishtirok etmoqda. Bunda ishtirokchilarga respublikamizning nufuzli oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari va amaliyotchi psixologlari tomonidan ikki kun davomida 26 soatlik malaka oshirish kursi doirasida maʼruza va amaliy mashgʻulotlar olib boriladi.




Xususan, seminarning birinchi kunida “Bolalarning yosh xususiyatlari asoslari”, “Maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv faoliyati asoslari”, “Maktabgacha yoshdagi bolalarda psixologik xususiyatlar, psixosomatika”, “Diagnostika va diagnostika metodlari” shuningdek, “Proyektiv metodikalar va ularni qoʻllash amaliyoti”, “Korreksiya va korreksion metodikalar”, “Art-terapiya metodlari” kabi dolzarb mavzularda ma’ruzalar qilindi.


Tadbirda so‘zga chiqqan Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori Yuliya Riyukova quyidagilarni so‘zladi: “Davlat dasturi doirasida Maktabgacha ta’limda 2–7 yoshli bolalar uchun psixodiagnostika to‘plamlari, art terapiya, psixosomatika, profilaktika meodikalar ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytiruvchi mexanizmlar yaratildi. Ta’lim muassasalarida psixologik xavfsizlik muhitini ta’minlash bo‘yicha metodik resurslar ishlab chiqildi. Bugungi o‘quv seminar Maktabgacha ta’lim tizimida psixologik xizmat sifatini ilmiy metodik asosda yanada yaxshilash, bolalarning psixoemotsional farovonligi mexanizmlarini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi”.


Haqiqatan ham, bunday tadbirlar oʻqituvchi va psixologlarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish, ularning kasbiy faoliyatini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida takomillashtirish hamda oʻquvchilarning ruhiy salomatligini qoʻllab-quvvatlash tizimini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish