Oilaning barqaror va to‘kisligi uning moddiy ta’min etilganligi bilan bir qatorda ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni, unda ulg‘ayayotgan farzandlar kamoli va jamiyatimizga qo‘shayotgan hissasi bilan belgilanadi. Har bir inson, poydevori mustahkam oila qurishga intiladi. 2012 yilning «Mustahkam oila yili» deb belgilanishi ana shunday insonlar botinidagi tilaklarni yuzaga chiqarishlariga yana bir bor sabab bo‘ldi.
Istirohat bog‘i deyilganda hammamizning ko‘z o‘ngimizga bolalar kulgusi bilan to‘lgan so‘lim maskan keladi. Atrofdagi yam-yashillik, turli arg‘imshoqlarning gir-gir aylanishi, bolalikni yodga solib har qanday odamning g‘uborini oladi.
Istirohat bog‘i o‘z nomi bilan dam oladigan, dunyo tashvishlarini bir zumgina unutib farzandlar bilan ko‘ngil yozadigan, kishkintoylar quvonshini ko‘rib, dildagi g‘uborlar yuvilib ketadigan joy. Ana shunday o‘y-xayollar bilan poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida bo‘ldik.
Yosh bola va o‘yinchoqni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Qo‘shningizning uch yashar qizi faqat bitta o‘yinchoqni kir bo‘lib ketishiga qaramasdan ko‘tarib yuraveradi. Sababi, bu o‘yinchoq uning eng yaqin o‘rtog‘i, do‘sti! Rustamjon esa samolyot o‘yinchoq ko‘targani ko‘targan, 8 yashar Komila esa faqat ot, sigirlarni yaxshi ko‘radi. Bu bolaning mehri faqat shu o‘yinchoqqa bog‘langanligini tasdiqlaydi.
Bugungi kunda ayrim yoshi ulug‘ kishilarning “Yoshlar buzilib ketdi-da... kitob o‘qimay qo‘yishdi... bekorchidan ko‘pi yo‘g‘-a...” kabi hasratomuz so‘zlari kishini o‘ylashga majbur qiladi. Bu gaplar qanchalik haqiqatga yaqin? Xo‘sh, shunday ham deylik, bunda mazkur ishga o‘zini mas’ul deb bilganlar qanday yo‘l tutishi kerak?
Multfilmni yaxshi ko‘rmaydigan bola bo‘lmasa kerak. Ularning sehrli olamiga sho‘ng‘ib ketib gohida multqahramonlarga taqlid qilayotgan bolalarni uchratamiz. Bundan ba’zan ko‘nglimiz to‘lsa, ba’zan jiddiy tashvishga tushib qolamiz ham. Turli yo‘llar bilan kirib kelayotgan ayrim multfilmlar xalqimiz mentaliteti, asrlar davomida shakllangan qadriyatlarimizga mutlaqo zidligini ko‘rib, hushyor tortamiz. To‘g‘ri-da, kichik yoshdagi ukangiz yoki farzandingiz o‘zini mutlaqo tushunarsiz, yot g‘oyalarga ergashtiruvchi «qahramon»lardek tutsa, gohida o‘rgimchak odam, gohida samoviy kelgindi bo‘lib almoyi-aljoyi fikrlashga o‘tsa, bundan faqatgina xavotirga tushasiz. Undan ko‘ra Alpomishdek alpqomat, jasur bo‘lishni orzu qilsayu, ojizlarga ko‘mak ko‘rsatib, bechoralarning og‘irini yengil qilishni o‘ylasa qanday yaxshi. Milliy multfilmlarimizning son va sifat jihatdan xorijnikidan ortda qolayotgani bu borada yanada tashvish tug‘dirmoqda. Biroq bu bilan mamlakatimizda multfilm yaratish ishlari yomon ahvolda qolgan, degan fikrga borish noo‘rin. Aytish lozimki, bugungi kunda o‘zbek multfilm ijodkorlari yosh bolajonlarimiz uchun bir-biridan qiziq multfilmlarni taqdim etishda davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil boshida «Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, yaqin kunlarga qadar «O‘quvchilar ijodiyot markazi» nomi bilan yuritilgan maktabdan tashqari ta’lim muassasalari endilikda «Barkamol avlod» bolalar markazi maqomini oldi. Xo‘sh, bu o‘zgarish mazkur muassasalar faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Dunyoda 7 raqami bilan bog‘liq g‘aroyibot ko‘p. «Qadimgi dunyoning 7 mo‘’jizasi», «yangi dunyo 7 mo‘’jizasi», «kamalakning 7 jilosi» va hokazo. Asli haftaning 7 kuni ham alohida mo‘’jiza. Faqat kunni shunchaki tirikchilik yo‘lidagi tashvishlar bilan ham, har bir damidan hikmat izlab, bayramona ruhda o‘tkazish ham insonning o‘z qo‘lida. Asli dunyo shunday yaralganki, undan ajoyibot izlasak, oldimizdan chiqaveradi. E’tiboringizni bir mavzuga yo‘naltirib, orombaxsh xayollar olamiga chorlash niyatidamiz.
Har bir xalqda oila muqaddas sanaladi. Shu bois yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlashda, eng avvalo, ularning ma’naviyatini boyitish, dunyoqarashini kengaytirishga e’tibor qaratish lozim. Zero, yetuk ma’naviy fazilatlar sohibi bo‘lishga intiladigan insonning oilaga munosabati o‘zgacha bo‘ladi.
Men kollej o‘quvchilariga «Oila psixologiyasi» fanidan saboq beraman. O‘quv dargohi huquqshunoslik yo‘nalishiga ixtisoslashgani bois, mazkur fanni chuqur o‘rganish, oilaviy hayot haqida keng tushuncha va tasavvurga ega bo‘lish o‘quvchining nafaqat o‘zi, balki uning kelgusidagi kasbiy faoliyati uchun ham o‘ta muhim jihatlardan biridir. Xo‘sh, yoshlarning ushbu yo‘nalishda qiziqish bilan ta’lim olishi, puxta bilim egallashi uchun nima qilish kerak?
«Agarki, dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblar ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir”. Yurtboshimizning “Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch” asaridagi bu hikmatli so‘zni takror va takror o‘qir ekanman, bu sharafli so‘zlar menga tuganmas kuch baxsh etayotganini his etaman. Salkam yarim asrlik pedagogik faoliyatim davomida minglab yoshlarga imkonim qadar ilm berishga harakat qilgan bo‘lsam-da, hali ham zimmamdagi mas’uliyat meni tinimsiz izlanish va zamon bilan hamnafas yashashga undaydi. Millatning ertangi kuniga egalik qiluvchi vorislarning nechog‘li kamol topishlari, murg‘ak qalblarga ziyo nurini olib kiradigan biz muallimlarga bog‘liq ekan, bu kasbning mas’uliyati va sharafi haqida yana ne deyish darkor?!
O‘quvchilar bilim samaradorligini oshirish, farzandlarimizni asl qadriyatlarimiz asosida tarbiyalashda ta’lim muassasalarida tashkil etilgan «Oila, mahalla, maktab hamkorlik markazlari»ning o‘rni alohida. Bu borada o‘qituvchi, ota-ona, mahalla zimmasiga yuklanadigan vazifalar haqida mulohaza yuritmoqchimiz. Xo‘sh, bugun barchamiz ana shu mas’uliyatni his qila olyapmizmi? Keling, shu savolni ota-ona sifatida har birimiz o‘zimizga berib ko‘raylik.