A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi
xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy institutida qabul
jarayoniga axborot texnologiyalari joriy etilmoqda. Tinglovchilar haqidagi
ma’lumotlarni to‘plash, davomat monitoringini olib borish va qayta ishlash
imkonini beruvchi optimallashgan bunday dastur malaka oshirish tizimining
ob’ektivligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Norin tumanining obod qishloqlaridan biri bo‘lmish Xo‘jaoboddagi
27-umumta’lim maktabi binosi yaqinda ta’mirdan chiqarilgani bois hashamatli va ko‘rkamligi
bilan kishi e’tiborini tortadi. Tashqi ko‘rinishiga monand ichkaridagi mashg‘ulot
zallari va sinf- xonalarda ham shart-sharoitlar muhayyo etilgani diqqatga sazovordir.
Ayni kunlarda «Bilimlar bellashuvi»ning
tuman bosqichi davom etmoqda. Maktablarda eng bilimli deb topilgan o‘quvchilar tuman
bosqichida ishtirok etar ekan, bu bosqichda nafaqat bolaning bilimi va qobiliyati
sinovdan o‘tkaziladi, balki o‘quv muassasasining reytingi ham aniqlanadi va natijalar
asosida ta’lim jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni to‘ldirish choralari ko‘riladi.
Demak, «Bilimlar bellashuvi» maktab jamoasining ham mehnatiga baho beruvchi jarayon
hisoblanadi. Shunday ekan, bu bellashuvda o‘z o‘quvchisining faol ishtirok etishidan fan o‘qituvchisi, maktab va sinf rahbari, maktab
psixologi ham birdek manfaatdor, desak yanglishmaymiz.
Uzluksiz ta’lim tizimi, xususan, kasbiy ta’limni rivojlantirish borasida belgilangan ustuvor maqsadlarni amalga oshirish, mamlakat iqtisodiyotining murakkab hamda ko‘p turdagi ehtiyojlarini qondirishga qodir bo‘lgan yetuk kadrlar tayyorlashning yuqori sifatini ta’minlashga qaratilgan Kadrlar tayyorlash milliy modeli va dasturini hayotga tatbiq etish jarayonini muntazam ravishda tahlil qilib borish taqozo etiladi. Shuningdek, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ma’naviy sohalardagi bugungi ilg‘or o‘zgarishlar, ta’lim tizimining moddiy-texnik bazasi tubdan yangilanayotgani, ta’lim muassasalarida yangi texnika va texnologiyalar, AKTdan keng foydalanish yo‘lga qo‘yilayotganligini nazarda tutgan holda Milliy modelining mazmun va mohiyati, uni amalga oshirish jarayonlariga doir olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini ham takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda. Shu tariqa Milliy dasturda yaqin yillarda hamda istiqbolda bajarilishi belgilangan vazifalarni ishonchli yondashuv asosida amalga oshirish hamda uning mexanizmlarini ishlab chiqish mumkin.
Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida «Ta’lim jarayonini takomillashtirish va boshlang‘ich ta’limni rivojlantirish» mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Mazkur seminar maktabda boshlang‘ich ta’limning sifat samaradorligini oshirish maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining boshlang‘ich ta’lim fakulteti bilan o‘rnatilgan hamkorlikning navbatdagi yig‘ilishidir.
multimedia vositalarini joriy qilish orqali yanada takomillashmoqda
Bugun yurtimizda oliy ta’limni takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiyalash, ularni o‘quv va ilmiy-laboratoriya jihozlari bilan to‘liq ta’minlash, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va o‘qitish shakllarini joriy etish hisobiga oliy ma’lumotga ega mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Prezidentimizning «Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida tizimga multimedia vositalarini joriy qilish va axborot texnologiyalari rivojlanishi bilan paydo bo‘layotgan yangi pedagogik texnologiyalar asosida 6000ta zamonaviy o‘quv-metodologik majmualari yaratish vazifalari ham belgilangan.
Har bir darsni noan’anaviy usulda olib borish, didaktik o‘yinlardan foydalanib mashg‘ulotlar tashkil etish o‘quvchilarning bilim olishga rag‘batini oshiradi.
Respublika aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Gulnoza Hasanova har bir darsiga ana shu nuqtai nazardan yondashadi. Dars davomida ko‘rgazmali vositalardan unumli foydalanadi.
Mamlakatimizda farzandlarimizning barkamol shaxs sifatida voyaga yetishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Bular xususida to‘xtalmoqning hojati yo‘qki — har bir oila, har bir ta’lim muassasasi, har bir muallimu, har bir ilmu tolib o‘zining hayot tarzida bunga guvoh bo‘lib turibdi. Shunday ekan, bugun kun tartibiga umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Davlat ta’lim standartlarida belgilangan talablarning bajarilish holatini muntazam o‘rganib, tahlil etib borish, o‘quvchilarning qobiliyatlarini o‘z vaqtida aniqlash, rivojlantirish uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratish, maktablar faoliyatiga atroflicha baho berish kabi dolzarb vazifalar qo‘yilishi tabiiy. Bir necha bosqichdan iborat Bilimlar bellashuvi shu ma’noda ahamiyatlidir.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, ta’lim jarayoniga tatbiq etilayotgan «Dars — muqaddas» tavsiyalar majmui umumta’lim maktablarida ta’lim samaradorligini oshirishda zarur qo‘llanma vazifasini bajarmoqda. Mazkur tavsiyalar majmui Namangan viloyat xalq ta’limi muassasalarida ham chuqur o‘rganildi.
yangi o‘quv yilidan umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinflarida ham o‘qitila boshlandi
Yodingizda bo‘lsa kerak, “Ma’rifat” gazetasida mutaxassis va tadqiqotchilarning boshlang‘ich sinflarda kompyuter savodxonligi — o‘quvchilarda quyi sinflardanoq kompyuterdan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishning ahamiyatiga doir qator tahliliy maqolalari chop etilgan edi. Xususan, O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti mutaxassislari M.Divanova va M.Inoyatova muallifligidagi “Boshlang‘ich sinfda kompyuter savodxonligi zaruratmi yoki ehtiyoj?” nomli maqolada ham ushbu masalaning ilmiy-nazariy yechimlari, amaliy ahamiyati o‘z ifodasini topgandi.