Alirna Qorieva R.Glier nomidagi Respublika
ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining III bosqich o‘quvchisi. Uning
bugun quvonchi cheksiz. Chunki u ustozlari bergan bilim va ishonchni oqladi,
Yurtboshimiz tomonidan yaratib berilgan sharoit va imkoniyatlarga o‘z javobini
ayta oldi: Alirna 14—27-fevral kunlari Frantsiyada o‘tkazilgan A.Glazunov
nomidagi VII xalqaro tanlovda skripka yo‘nalishi bo‘yicha Gran-pri sohibasi
bo‘lib qaytdi.
Bektemir
tumanidagi 292-maktabda «Tengdosh-tengdoshga» loyihasi o‘z samarasini
ko‘rsatmoqda. Bunda barcha o‘qituvchi va o‘quvchilarning ishtiroki muhim
ahamiyat kasb etayotir. Ayniqsa, turli tadbirlarni tashkil etishda,
o‘quvchilarning o‘zini tutishida bu loyihaning ahamiyati katta.
Prezidentimizning «Yuksak bilimli
va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish
va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti» mavzusidagi ma’ruzasi bugun nafaqat
respublikamizda, balki xalqaro miqyosda keng o‘rganilmoqda.
Poytaxtning «Shodlik Palace» mehmonxonasi anjumanlar
zalida O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini
qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan «Barkamol avlodni tarbiyalashda
amalga oshirilayotgan islohotlarni jamoatchilikka yetkazishda OAVning roli va vazifalari»
mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
Paxtaobod tumanidagi
qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejida 12 yo‘nalish bo‘yicha malakali mutaxassislar
tayyorlanadi. O‘quvchilarning nazariy va amaliy bilim olishlarini tashkil etish
barobarida yilning boshidanoq ularni ish bilan ta’minlash masalasiga ham e’tibor
qaratiladi. Buning natijasi sifatida o‘tgan yili kollejni tamomlagan 413 nafar bitiruvchining
100 foiz ish bilan ta’minlanganligini aytish mumkin.
Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Til — millatning
birligi va borligi ko‘zgusi” mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi, Respublika ta’lim markazi hamkorligida 21 fevral — Xalqaro ona tili kuni
munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu tadbirda ta’lim fidoyilari, uslubchilar, tilshunos
olimlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, o‘quvchilar qatnashishdi.
Samarqand
arxitektura va qurilish instituti olimlari tomonidan ishqorli sement kashf qilindi.
Ushbu qurilish mahsuloti hozir foydalanilayotgan sementdan ancha mustahkamligi
bilan ajralib turadi.
Respublika
ta’lim markazi, Multimedia va umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi
bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan turli loyihalar, anjumanlar, seminarlar
o‘quvchilar hamda pedagoglarning kompyuter savodxonligini yanada oshirishda
muhim omil bo‘lmoqda. “Eng yaxshi elektron axborot-ta’lim resurslari — 2012” respublika
ko‘rik-tanlovi ham ayni maqsadlarga xizmat qilmoqda.
multimedia vositalarini joriy qilish orqali yanada takomillashmoqda
Bugun yurtimizda oliy ta’limni takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiyalash, ularni o‘quv va ilmiy-laboratoriya jihozlari bilan to‘liq ta’minlash, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va o‘qitish shakllarini joriy etish hisobiga oliy ma’lumotga ega mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Prezidentimizning «Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida tizimga multimedia vositalarini joriy qilish va axborot texnologiyalari rivojlanishi bilan paydo bo‘layotgan yangi pedagogik texnologiyalar asosida 6000ta zamonaviy o‘quv-metodologik majmualari yaratish vazifalari ham belgilangan.
Kishidagi inson huquq va erkinliklariga hurmat tuyg‘usining shakllanishida bolalikda olingan bilimlarning ahamiyati katta. Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasasi, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida berilayotgan Konstitutsiya saboqlari, umuman, huquqiy bilimlarning yosh avlod kamolidagi o‘rni beqiyos.
Xalq ta’limi tizimida 2001 yildan buyon “Konstitutsiyamiz — baxtimiz poydevori”, “Prezident asarlarini o‘rganamiz” respublika ko‘rik-tanlovlarining o‘tkazilib kelinayotgani ana shu ezgu maqsad yo‘lidagi amaliy ishlardan biri bo‘lmoqda. Kuni kecha Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali drama teatrida ushbu tanlov yakuniy bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.