Uz   Ru
Gazetaning on-line shakli
                  
Kuch - bilim va tafakkurda
 
19 Ìàé 2012 20:44
Maqolalar anonsi
  • «KO`NGLI TILAGAN MURODIG`A YETSA KISHI...»
  • MATEMATIKA — AQL GIMNASTIKASI
  • NAFING AGAR XALQQA BESHAK DURUR
  •  
    E'lonlar



    «TA’LIM VA KARYERA»
    Kecha o‘z faoliyatini boshlagan «Ta’lim va karera» VII xalqaro ko‘rgazmasi «O‘zbe­kiston madaniyati va san’ati forumi» jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, «Kelajak ovozi» yoshlar tashabbuslari markazi, Yoshlarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish markazi tashkilotchiligida Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tayotir.
     
    Tadbir o‘tkazilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad ishtirokchilarni yurtimiz va xorijiy mamlakatlardagi zamonaviy o‘qitish metodlari bilan tanishtirish, o‘zaro tajriba almashish, shu bilan birga, yoshlarga qiziqtirgan mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim muassasalarini tanlashga keng imkoniyat yaratish, shuningdek, bitiruvchilarning o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashishiga ko‘maklashishdir.
     
    — «Ta’lim va karera» xalqaro ko‘rgazmasida Andijon mashinasozlik instituti vakillari ham ishtirok etmoqda, — deydi texnika fanlari nomzodi, dotsent Xolxo‘ja Sobirov. — Tadbir jarayonida juda ko‘plab yoshlar bizdagi ta’lim yo‘nalishlari bilan tanishishdi, o‘quv jarayoniga taalluqli savollariga batafsil javob olishdi. Kollej bitiruvchilari institutimizda yangi tashkil etilgan «Avtomobilsozlik va traktorsozlik», «Yer usti transport tizimlari va ulardan foydalanish» va «Elektrotexnika va elektromexanika» yo‘nalishlariga qiziqish bildirishdi. Bundan tashqari, boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan tajriba almashdik, xorijiy o‘quv yurtlaridagi o‘qitish uslublari bilan tanishdik. Bu, albatta, ta’limning sifat samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.
     
    E’tirof etish lozimki, «Ta’lim va karera» VII xalqaro ko‘rgazmasi O‘zbekistonning ta’lim va kadr xizmatlari bozoridagi juda keng qamrovli tadbirdir. Unda yurtimizdagi, shuningdek, Yevropa va Osiyo mamlakatlaridagi 35tadan ortiq oliy ta’lim muassasalari, 40ga yaqin o‘quv markazlari ishtirok etmoqda. Bu borada xorijiy o‘quv yurtlari vakillarining ham taassurotlari katta.
     
    — Biz aviakompaniyalarga yosh mutaxassis kadrlar tayyorlaymiz, — deydi Malayziyaning «Inter-excel Advisory» o‘quv markazi direktori Ilari Miranda. — To‘g‘risi, ushbu ko‘rgazmada ilk bor ishtirok etib turibmiz. Shu kungacha Osiyo davlatlarining bir nech­tasi bilan hamkorlik o‘rnatgan edik. Bugun ko‘rgazmaga tashrif buyurgan yoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ingliz tilida muloqotda bo‘lib, ular bizning o‘quv markazimizda bemalol ta’lim olishlari mumkin ekanligiga amin bo‘ldim. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston bilan qator sohalarda hamkorlik aloqalarini o‘rnatish har jihatdan foydali bo‘lishiga ishonaman.
     
    — Bugungi tadbir asosan yoshlar uchun bo‘lib, jarayonda ularning o‘z qiziqish va iqtidorlaridan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasasini tanlashga ko‘maklashildi, — deydi 1-Toshkent pedagogika kolleji o‘qituvchisi Dilfuza Yo‘ldosheva. — Bizning kollejimizdan bitiruvchi kurs o‘quvchilari ham ishtirok etib, nafaqat ta’limni davom ettirish bilan bog‘liq, balki, ish joylari, ishga joylashish bo‘yicha ham batafsil ma’lumotlar olishdi.
     
    Ko‘rgazmada, shuningdek, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Urganch davlat universiteti, Toshkent avtomobil-yo‘llar, temir yo‘l muhandislari, moliya institutlari, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika instituti, M.Lomonosov nomidagi Mosk­va davlat universitetining Toshkentdagi filiali va bosh­qa ta’lim muassasalaridan vakillar qatnashdi.
    Tashkilotchilar bergan ma’lumotlarga qaraganda tadbirda ishtirok etuvchilar soni 30000 nafardan ortgan. Ularning asosiy qismini 14 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etmoqda.
     
    — Bugun nafaqat yurtimizdagi, balki chet ellardagi ta’lim muassasalari to‘g‘risida ham batafsil ma’lumotlar oldim, til o‘rganish kurslari bilan tanishdim, — deydi M. Tursunxo‘jaeva nomidagi tibbiyot kolleji bitiruvchisi Gulchehra Rahimova. — Bunday ko‘rgazmalarning tashkil etilishi men kabi yoshlarga hayotda o‘z o‘rinlarini topishga, qiziqqan sohalarining yetuk mutaxassisi bo‘lishlariga zamin yaratadi.
     
    Ko‘rgazmaning «Qo‘shimcha ta’lim» bo‘limida «Karera», «Iffatli kelin» kabi o‘quv markazlarining kasb-hunar o‘rgatuvchi kurslaridagi ishlari, mahorati ishtirokchilar ko‘z o‘ngida namoyish etilganligi ko‘plab tadbir qatnashchilarining e’tiborini tortdi.
     
    Dilfuza TOSHKENBOYEVA,
    Sanobar JUMANOVA,
    "Ma`rifat" muxbirlari

     

    chop etilgan sana: 22-02-2012 12:59
    manba:



    yangiliklar bo'limiga o'tish


    Normativ hujjatlar

     
    Ovoz berish
     
    E'lon
    Èíôîðìàöèÿ î ïðàâàõ èñïîëüçîâàíèÿ ìàòåðèàëîâ ãàçåòû òîëüêî ñ ðàçðåøåíèÿ ðåäàêöèè è î ðàñïîëîæåíèè ðåäàêöèè