YO‘L haqida
YO‘L haqida
2019:
"Shu edi men tanlagan manzil -
Yonish, kuyish, kurash, hayajon.
Endi ortga qaytib bo‘lmaydi
Qaytishga yo‘l yo‘qdir, ayajon".
2020:
Bu shaharning devorlari mo'l,
Bu dunyoning yo'llari dovli.
Uch tomonga boshlab ketar yo'l
Men, Suhrob va ko'ngil uchchovni.
Ko'zlarimni yumdim... va xayr,
Endi uzun bir she'r aytaman.
Birlashmasa agar bu yo'llar,
Men o'zimga qanday qaytaman?!
2021:
Yo‘l sotaman, olinglar,
Gul sotaman, olinglar,
Yashalmagan umrimdan
Yil sotaman, olinglar.
2024:
To yo‘lda ekansan,
tugamas huzun,
Umr — to‘rt misra she'r o‘qishlik bir zum,
Haqqa eltadigan yo‘l kabi uzun
Qarshiga borguncha yo‘l tugamaydi.
2025:
Qarang, odamlikdan bormi nishonam,
Shuncha yo‘l ichinda hanuz beshonman,
Yag‘ir bo‘lib ketsin tizzam, peshonam –
Menga yo‘l ko‘rsating, balogardonim!
Suhrob Ziyo
Shu kecha va kunduzda
Sun'iy intellekt jurnalistika uchun imkoniyatmi yoki xavf?
Muddatidan oldin talabalik
Xorijlik professor-o‘qituvchilar o‘quv jarayoniga jalb etildi
Millatlararo totuvlik yo‘lida muhim qadam
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank