Zebuniso JUMAYEVA
Ba’zan dars avvalida dabdurustdan o‘quvchilardan baxt haqida so‘rab qolaman. Bir-biriga navbat bermay, o‘z tasavvurlarini aytishga shoshayotgan bolajonlarni tinglab bo‘lgach (salomlashuvdan so‘ng, hali bolalar partaga o‘tirmasidan), baxt ham boshqa tushunchalar kabi nisbiy ekani, har kim uni har xil talqin qilishini tushuntiraman. Masalan, bir ko‘zidan ayrilgan odam o‘zini qanchalar baxtsiz va nochor his qiladi, lekin tug‘ma so‘qir kishiga bu dard bir umrlik ekanligini ta’kidlayman. Olam chiroyini o‘z ko‘zlari bilan ko‘ra olishi, onasi yuzlariga boqa olgani baxtning ayni o‘zginasi ekanini aytaman. Shundan so‘ng hatto o‘tirish ham baxt ekani, hozir uyga vazifa uchun berilgan she’rni go‘zal ifoda bilan aytganlar bu huquqni qo‘lga kiritishini e’lon qilaman.
Bu bolalarga juda yoqadi. Gohida ana shunday hikmatlardan gap boshlasam “bu darsimizning debochasi edi” deya o‘z so‘zim bilan gapni ilib ketishadi.
Shu kecha va kunduzda
Tarix fakulteti 90 yoshda!
Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash jarayonlari
Boshlangʻich taʼlimda kreativ fikrlashni shakllantirish: ilgʻor yondashuvlar muhokamada
Ustozga ehtirom – ulug‘ qadriyat
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank