Ilk bor ustozlar ishtirokida voleybol bo‘yicha respublika musobaqasi tashkil etildi
Jarayon
55
Mamlakatimizda ilk bor pedagog xotin-qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” respublika musobaqasi o‘tkazilmoqda. Ushbu yirik sport loyihasi nafaqat o‘qituvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, balki ta’lim tizimida jamoaviylik, hamjihatlik va sport madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Musobaqada respublika bo‘ylab faoliyat yuritayotgan 14 mingdan ortiq ta’lim muassasasining 110 452 nafar ayol xodimi qamrab olindi. Bir necha bosqichda o‘tgan saralash bahslarida g‘olib bo‘lgan jamoalar ayni kunlarda Namangan shahrida tashkil etilayotgan respublika final bosqichida o‘zaro kuch sinashmoqda. Musobaqaning Respublika bosqichi ayni kunlarda Namangan shahrida o‘tkazilmoqda.

Final bahslarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan saralangan 14 ta jamoa tarkibidagi 112 nafar ayol pedagog g‘oliblik uchun bellashmoqda.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rin sohiblariga – 150 million so‘m;
2-o‘rin sohiblariga – 100 million so‘m;
3-o‘rin sohiblariga – 70 million so‘m miqdorida pul mukofoti topshiriladi.
Shuningdek, g‘olib maktab jamoalari "Damas" avtomobillarini qo‘lga kiritishadi.
Mazkur musobaqa pedagoglar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda ta’lim tizimi xodimlarining jismoniy faolligini qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi muhim tashabbus sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Shu kecha va kunduzda
Ilk bor ustozlar ishtirokida voleybol bo‘yicha respublika musobaqasi tashkil etildi
Jarayon
Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchi!
Bugunning yoshlari
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi
Oʻqituvchi minbari
ADOLATNING TANTANASI
Jarayon
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank