Maxsus muxbir xotiralari
Milliy matbuot markazida ustoz jurnalist Irismat Abduxoliqovning “Davr jurnalist nigohida” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kitobda jurnalistning yarim asrdan ortiq ijodiy faoliyati davomida ko‘rgan-kechirganlari, bevosita ishtirok etgan muhim tarixiy voqea-hodisalar haqidagi xotiralari jamlangan.
Muallif o‘z faoliyati davomida yuzma-yuz kelgan, hamkorlik qilgan, muloqotga kirishgan tanish va notanish shaxslar obrazini yaratar ekan, Irismat Abduxoliqov uslubiga xos bo‘lgan xolislik, tiniqlik va samimiylik yaqqol namoyon bo‘ladi. Shuningdek, uzoq yillar “Время” ko‘rsatuvining O‘zbekistondagi maxsus muxbiri bo‘lib ishlagan muallifning yurtimizning barcha viloyatlari, tuman va qishloqlaridan, Vashington, Nyu-York, Moskva, Dehli, Anqara, Makka va Madina shaharlaridan tayyorlab, voqea joyidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatgan reportajlari matni ham o‘rin olgan. So‘zga chiqqanlar muborak yoshdagi jurnalistning hayotiy va kasbiy tajribalarining o‘rni nechog‘li muhimligini ta’kidlab o‘tdilar.
Kitobda taqdim etilgan tarixiy jarayonlarning eng qaynoq nuqtalaridan tayyorlangan axborotlar, reportaj va ko‘rsatuvlar matnlari o‘sha davr manzaralarini ko‘z o‘ngimizda qayta namoyon etishi barobarida, jurnalistikaning barcha sohalari vakillari hamda talaba yoshlar uchun muhim o‘quv-amaliy qo‘llanma vazifasini ham o‘taydi.
Shu kecha va kunduzda
Ona nutqining leksik qatlamga taʼsiri
Chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash va sertifikatlash tizimi joriy etiladi
ILM-U MA’RIFATGA BAXSHIDA UMR
“Men”lar jangi
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank