“Yil o‘qituvchisi” tanlovining birinchi bosqich natijalari haqida maʼlumot berildi.
“Yil o‘qituvchisi” tanlovining birinchi bosqich natijalari haqida maʼlumot berildi.
✅ Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qaroriga asosan "Yil o‘qituvchisi" tanlovining birinchi bosqich sinovlari 2025-yil avgust-dekabr oylarida o‘tkazilgan malaka sinovlari natijalariga integratsiya qilingan holda tashkil etildi.
2025-yil avgust-dekabr oylarida o‘tkazilgan malaka sinovlarida umumiy hisobda 175 738 nafar pedagog ishtirok etdi. Ularning 46 703 nafari «Yil o‘qituvchisi» tanlovi Nizomi talablariga to‘g‘ri kelganligi sababli, tanlovning birinchi bosqich jarayonlarida qatnashdi.
🔹Birinchi bosqichda har bir tuman (shahar)dan ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etgan holda eng yuqori ball to‘plagan 3 nafardan nomzod tanlovning ikkinchi bosqichiga o‘tkazilishi belgilangan.
➖Har bir tuman (shahar)dan 3 nafardan — jami 624 nafar pedagog "Yil o‘qituvchisi" tanlovining ikkinchi bosqichiga o‘tkazildi.
⏰ Tanlovning ikkinchi bosqichi joriy yilning 10-FEVRAL kuni mamlakatimizning barcha hududlarida belgilangan umumta’lim maktablarida boshlanishi rejalashtirilgan.
✅ Ikkinchi bosqichda nomzodlarning o‘z fani bo‘yicha dars o‘tish mahorati belgilangan mezonlar, xususan hakamlar hay’ati tomonidan – 60 ballik tizim asosida, tegishli tuman (shahar)da faoliyat yuritayotgan pedagoglar tomonidan (ovoz berish yo‘li orqali) 40 ballik tizim asosida baholanadi.
🔰 Pedagoglarning ovoz berishlari uchun nomzodning 45 daqiqalik dars o‘tish jarayoni uzluksiz, to‘liq videokameraga yozib olinadi hamda montajsiz tarzda belgilangan tartibda pedagog.uzedu.uz maxsus platformasiga joylashtiriladi.
Shu kecha va kunduzda
BOLALAR KONTENTI UCHUN MUHIM QADAM
Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim
Namanganda xalqaro biologiya olimpiadasi: yoshlar uchun katta sinov va imkoniyat
Xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar tan olinishi bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank