Sanobar BERDIYEVA
Oʻtgan o‘quv yili yangi baholash tizimi tumanimizdagi 10 ta maktabda tajribadan oʻtkazildi. Biroq hamma “dod” deyishiga qaramay, bu yil Toshkent shahrining hamma maktablariga joriy qilindi. Bunday qogʻozbozlik oʻqituvchiga ortiqcha yuk. Masalan, bir o‘qituvchi o‘nta sinfga darsga kirsa, qancha ish bo‘lib ketadi, uni chiqartirish, tayyorlash ham mablag‘ga borib taqaladi.
Hozircha o‘quvchilar CHSBni vazirlik olarkan deb qoʻrqitib turganimiz uchun sal hayiqib oʻqiyapti. Agar bu ham shunchaki xoʻjakoʻrsin uchun boʻlsa, bizni qiynaganlari qoladi, xolos.
Birgina yaxshi tomoni 5–8-sinf o‘quvchilari sal qiziqib, jamoa boʻlib harakat qilishyapti, darsga kreativ yondashishmoqda. Lekin chekka hududlarda bu tizimni qanday uddalashadi? Chunki sharoit yoʻq.
Shu kecha va kunduzda
Zamonaviy va diniy ta’lim uyg‘unligida yangi davr hosilalari
Ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi
Fasl tanlovi
“Ma’rifat” nega bepul bo‘lolmaydi?
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank