MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA NAVBATGA QO‘YISHDA IMTIYOZGA EGA BOLALAR
Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentning 18-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
Unga ko‘ra, quyidagi toifadagi bolalar imtiyozli ro‘yxatga kiritiladi:
♿️ I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari
👨👩👧👦 Ko‘p bolali oilalarning bolalari
🧒 Yetim yoki ota-onasining qaramog‘isiz qolgan bolalar
🚨 Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarning bolalari
📋 “Ijtimoiy himoya yagona reestri” va “Kambag‘al oilalar reestri”ga kiritilgan oilalar bolalari
👩 “Ayollar daftari”ga kiritilgan yolg‘iz ayollarning bolalari
🪖 Shartnoma asosida xizmat qilayotgan harbiylar, ichki ishlar va bojxona xodimlari bolalari
🎓 Talabalar va pedagoglarning bolalari
👧👦 Aka-opa-singillari shu MTTda tarbiyalanayotgan bolalar
🏥 Ixtisoslashtirilgan MTTdan sog‘ayib, umumiy turdagi MTTga o‘tkazilayotgan bolalar.
❗️ Muhim jihat
Yetim va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar
davlat MTTlarga navbatga qo‘yilmasdan joylashtiriladi.
Bunda joylashtirish “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xodimlari
yoki bolaning qonuniy vakillari orqali bevosita amalga oshiriladi.
🎯 Mazkur imtiyozlarning maqsadi
• Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni birinchi navbatda qamrab olish
• Oila sharoiti og‘ir bo‘lgan farzandlar uchun teng imkon yaratish
• Davlat qo‘llovini aniq ehtiyojmand toifalarga yo‘naltirish.
Shu kecha va kunduzda
Pedagogikada evrilish yasagan nazarya
Kitob – ma’rifat manbayi
Qadrli pedagoglar!
“Milliy armiya - Ona yurt qalqoni tinchligimiz posboni”
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank