PR O‘ZI NIMA?
Ko‘pchilik PR degandan shou bizneschilarning qilgan xurmacha qiliqlarini esga olishadi. Ularning bir-biri bilan urushishi, tortishi kabi holatlarga “bu PR edi” deb qo‘yishlariga ko‘p duch kelamiz. Xalqimiz orasiga PR so‘zing tarqalishiga, uning yomon bir san’at turi sifatida qabul qilinishiga ular sababchi bo‘lgan, desam ham adashmagan bo‘laman. Men PR(Public relations)ning qanday yaralgani, kim tomonidan yaratilgani haqida gapirmoqchi emasman. Shunchaki PR haqida o‘zimning shaxsiy firklarimni bayon qilmoqchiman xolos. Marketing, san’at, televideniya va media sohasidagilar uchun PR bu reklama deb tushiniladi. Lekin PR birgina reklama bilan cheklanib qolmagan, faoliyat doirasi keng va hali ham ochilmagan qirralari, turlari ko‘p bir yo‘nalish. PR bu jamoatchilik bilan aloqalar va hozirgi kunda jamoatchilik bilan aloqalari bor bo‘lgan kasblarning har biriga kerak bo‘lgan fan hisoblanadi. Soddaroq qilib aytgandan, biror bir tashkilot, korxona va omma o‘rtasida bir-birlarini tushunish uchun kerak bo‘ladigan “til” desam adashmagan bo‘laman. Chunki ularning bir-birlari bilan til topishib ketishi juda qiyin. Bu borada esa ularning o‘rtasida tilmochlik qilish uchun PRning o‘rni juda muhim.
PRning turlari (qora PR, oq PR, to‘g‘ri PR, kulrang PR, sariq PR, yashil PR va h.k) haqida ham shu firkni aytish mumkin. Kelajakda uning yangi turlari chiqib kelaveradi. Yana ma’lumot o‘rnida shuni aytib o‘tish kerak-ki, PR san’ati axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining barcha turlaridan foydalangan holda omma e’tiborini jalb qilish, fikrini o‘zgartirishda katta rol o‘ynaydi. PR nafaqat salbiy va ijobiy narsalar yaratish yana kompaniya va mijoz o‘rtasida putur yetkazishi mumkin bo‘lgan hodisalarni tuzatish uchun ham juda qo‘l keladi. Qisqacha qilib aytganda PR faoliyati hali ham o‘rganilayotgan fanlararo fandur.
Firdavs AHMEDOV,
O‘zDJTU talabasi