Endi dublikat attestatni Davlat xizmatlari markazlaridan bir zumda olish mumkin bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
farmoniga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida hujjatlarning dublikatini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Qaror loyihasiga ko‘ra, fuqarolar attestat (shahodatnoma) yoki sertifikatlarni yo‘qotgan yoki familiyasini o‘zgartirganda yoxud yaroqsiz, buzilgan hollarda Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali uning dublikatini qisqa muddatda olishga erishadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, shu vaqtga qadar fuqarolar dublikat attestat olishlari uchun bir oy kutishlari zarur bo‘lgan.
Qaror loyihasi regulation.gov.uz portaliga keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.