O‘zbek tilida nashr etilgan Nizomiy Ganjaviy “Xamsa”sining taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarboyjon madaniyat markazi bilan hamkorlikda yozuvchilar, shoirlar, jurnalistlar hamda adabiyot ixlosmandlari ishtirokida Sayyid Imomiddin Nasimiy tavalludining 650 yilligi munosabati bilan “Abadiylik ufqlarida tug‘ilgan ishq quyoshiman” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol tarjimasida o‘zbek tilida nashr etilgan Nizomiy Ganjaviy “Xamsa”sining taqdimoti ham bo’lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti B.Abduhalimov, Ozarboyjonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Samir Abbosov va ozarboyjonlik mehmonlar so‘zga chiqdilar. Taqdimotda kitobning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni haqida so‘z bordi.
Samir Abbosov Ozarboyjon elchixonasi va Ozarboyjon madaniyat vazirligi nomidan Jamol Kamolga minnatdorchilik bildirib, tarjimonga Nizomiy Ganjaviy surati tushirilgan gilam tuhfa qildi.
Yulduz ABDURASHIDOVA, O‘zJOKU talabasi