Imtiyozli kredit olish uchun...
Savol: Xususiy tadbirkorlik faoliyatini boshlash niyatidaman.Lekin bunga mablag‘ yetishmayapti. Biznesni boshlash uchun bankdan imtiyozli kredit olish imkoniyatim bormi?
Gulnora SOLIYEVA
Andijon viloyati
Javob: Buning uchun siz davlat xizmatlari agentligi orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim. Kredit olishda tadbirkorlik faoliyatining rasmiy maqomi ham muhim ahamiyatga ega. Yakka tartibdagi tadbirkor, oilaviy korxona, mas’uliyati cheklangan jamiyat, dehqon yoki fermer xo‘jaligi, qo‘shma korxona va hokazo yo‘nalishlarga qarab imtiyozli kredit turlaridan foydalanishingiz mumkin.
Imtiyozli kredit deganda, Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 50 foizi va undan past foizdagi kredit nazarda tutiladi. Hozirgi vaqtda Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi 16 foizni tashkil qiladi. Kredit eng kam ish haqining 150 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda berilishi mumkin. Mikrokredit 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ajratiladi.
Islom NAZAROV, “Davrbank” XAK boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari