Dunyodagi eng keng ko‘lamli muhandislik ishi
Hozircha dunyodagi eng keng ko‘lamli muhandislik ishi Liviyaning shimoliga chuchuk suv yetkazib beruvchi gigant vodoprovod hisoblanadi. “Ulkan sun’iy daryo” 18 yil davomida — 1983—2001-yillari qurilgan. Vodoprovod janubdan shimolga tomon salkam 2000 kilometr masofaga cho‘zilgan. Suv 13000 km2 dan ortiq maydonga joylashtirilgan 1300 teshik tizimi orqali tushadi. Ularning ko‘pchiligining chuqurligi 500 metrgacha boradi.
Vodoprovodni qurish vaqtida Yerdan 155 million kubometrga yaqin tuproq chiqarib tashlangan. Bu Asvon to‘g‘onlarini qurishda chiqarilgan tuproqdan 12 barobar ko‘p degani. Vodoprovodni qurishga sarflangan tosh va g‘ishtlardan 17 ta Xeops piramidasini qurish mumkin. Ishlatilgan beton taxlansa, Liviyadan Xitoygacha bo‘lgan yo‘lni egallaydi. Gigant vodoprovod orqali har kuni 7 million kubometr suv oqib o‘tadi.