Osoyishtaligimiz posponi
Har yili dunyo bo‘ylab 26-yanvar kuni bojxona va bojxonachilar kasb bayrami (International Customs Day) nishonlanadi. 1952-yil Bojxona hxamkorlik Kongress kengashini shakllantirish maqsadida ushbu qaror kuchga kirdi. 30 yil o‘tgach 1983-yilda bu kun Хalqaro bojxona xodimlari bayram kuni sifatida belgilandi. Tez orada Yеvropada ushbu tashkilot juda ko‘pchilikni birlashtirdi va eng nufuzli tashkilotlardan biri bo‘ldi.
Ayni vaqtda jahon bojxona tashkiloti 179 ta davlatni o‘zida birlashtirgan. Dunyo bo‘ylab ushbu kasb bayramini 800 mingdan ortiq kishi nishonlaydi. Rossiya bojxonasida 68 ming bojxonachi faoliyat yuritadi. Bu esa dunyo bo‘yicha eng ko‘p bojxona xodimi ishlaydigan davlat hisoblanadi.
Himoyachi dovyurak o‘g‘lon, sen bizning tinchligimizga, osoyishtaligimizga posbonsan. Vatan himoyachisi haqida bejiz eslamayapman. Chunki, u tushuncha ona bilan egizakdir. Vatanni qo‘riqlayapsan, demak, onani, uning halovatini muhofaza qilyapsan. Bunday sharafli burch bilan qanchalar g‘ururlansang arziydi. Vatan sarhadiga ziyrak nigohingni qadab, bir-bir ko‘zdan kechirasan. Shundanmi, munavvar tonglar bir olam yutuqlarimizdan bizga guldasta tortiq etadi. Bilgilki, bunda sening beqiyos hissang bor, Vatan posboni!
Laziz AZIMXODJAYEV, DBQ Bojxona instituti kurs boshlig‘i, Bojxona xizmati podpolkovnigi