Maktabda Boburxonlik tadbiri
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
17 / 02 / 2020
Yunusobod tumanidagi 98-maktabda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi munosabati bilan “Bobur — buyuk shoh va shoir” deb nomlangan adabiy-musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
2-sinf o‘quvchilari va sinf rahbari Ra’no Ahmedova tomonidan tashkil etilgan tadbirda Bobur g‘azallari va ruboiylari, ibratli hayot yo‘llaridan lavhalar o‘quvchilar tomonidan ijro etildi. Butun umri janglarda, o‘zga yurtlarda o‘tgan buyuk bobomizning vatanga bo‘lgan muhabbati barchamizga o’rnakdir. O‘quvchilar sahna ko‘rinishlarida Boburning sarkardalik mahorati, yurt sog‘inchi, ajdodlar merosiga hurmat mavzularini mohirona ko‘rsatib berdi.
B.Rizoqulov