Ko‘hna Turon — qadim Turkiston, ona yurtim, jon O‘zbekiston
Bugungi kunda mamlakatimizdada ilm-fanga bo‘lgan e’tibor boshqa mamlakat yoshlarini ham havas uyg‘otmoqda. Bu esa yoshlarimizni yanada ko‘proq bilim olishga va bu imkonyatlarga munosib javob qaytarishga undayotir.
Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorovning viloyat yoshlariga qilgan murojatini eshitib, shu yoshlar qatorida bo‘lib qolishni xohladim. Lekin, bu imtiyozlar yoshlarniki. Viloyatimizda o‘quvchi yoshlarga O‘zbekiston tarixini chuqur o‘rganishlariga ko‘maklashish, ularda o‘zlari mansub bo‘lgan millat tarixini yaxshi bilishga intilishni kuchaytirish, yoshlarga ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan beqiyos hissasi, milliy davlatchiligimiz yutuqlari va millat qahramonlarining jasoratidan faxirlanish tuyg‘ularini shakillantirish, o‘quvchi yoshlar ongiga milliy g‘urur va vatanparvarlik g‘oyalarini singdirish bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda. Bu borada viloyat hokimi X.Bozorov tomonidan bir qancha loyihalar ilgari surildi. Shulardan biri yoshlar o‘rtasida “Ko‘hna Turon — qadim Turkiston, ona yurtim, jon O‘zbekiston” mavzusida o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovdir. Unda yoshlarni tarixiy bilimlarini va tarixiy yodgorliklarga bo‘lgan e’tiborlarini oshirish va yuqoridagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi asosiy maqsad qilib olingan.
“Ko‘hna Turon — qadim Turkiston, ona yurtim, jon O‘zbekiston” mavzusidagi ko‘rik tanlovning Uychi tuman bosqichi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Tanlov uch bosqichli bo‘lib, dastlab o‘quvchilar o‘zlari yashab turgan hududlar tarixini taqdimot orqali yoritib bergan bo‘lsa, ikkinchi shartda O‘zbekiston tarixi bo‘yicha bilimlarini sinadi. So‘ngi uchinchi shartda o‘quvchilar tarixiy shaxslarni va voqealarni sahnada jonlantirishdi. Tumanning 8 maktabi o‘rtasida bo‘lgan tanlovda barcha o‘quvchilarining ishtiroki munosib taqdirlandi.
Ismoil TO‘XTAMIRZAYEV, Uychi tumanidagi 2- maktab direktorining ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
Nafisa HAMIDOVA, Uychi tumanidagi 2-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi