Teatr va adabiyot o‘quvchini tarbiyalaydi
Oqqo‘rg‘on tumani Agrosanoat va tadbirkorlik kasb-hunar kollejida “Teatr va san’at insonning yuksak fazilatlaridan darak beradi, adabiyot esa uni kuchli kasb egasi darajasiga ko‘taradi” deb nomlangan viloyat seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Toshkent viloyati hokimligi, Toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi vakillar qatnashishdi.
O‘quvchilarning dastlabki chiqishi “Tabarruk dargoh” deb nomlanib, unda o‘zlari yashayotgan tuman, viloyat va tahsil olayotgan ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan ibratli ishlar, o‘zgarishlarni san’at turlaridan foydalanib namoyish etdilar. Yigit-qizlar Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asari asosida sahna ko‘rinishlari ham ijro etishdi. Bundan tashqari, qo‘g‘irchoq teatr ko‘rinishida “Xonatlas tarixi” va U.Shekspirning “Ottelo” tragediyalari o‘quvchilar tomonidan mohironalik bilan sahnalashtirildi. Tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ulug‘oy XUDOYNAZAROVA,
Kollej direktori