Xalqlar do‘stligi tarannum etildi
Yashnоbod tumanidagi 170-maktabda O‘zbekistonning BMTga a’zo bo‘lganiga 28 yil to‘lishi va Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda maktabning barcha ayol ustozlari, o‘quvchi qizlar va ularning onalari, "Jarqo‘rg‘on" mahallasining faol xotin-qizlari, tuman XTB uslubchilari, Nizomiy nomidagi TDPU professor-o‘qituvchilari qatnashdi.
So‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda mamlakatimiz dunyo hamjamiyati bilan faol xalqaro hamkorlik qilayotgani, yurtimizda xotin-qizlarga yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatilayotgani xususida fikr bildirdilar.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus diorasida o‘tkazilgan tadbirda o‘quvchi qizlar kasb-hunarga yo‘naltirish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha sahna ko‘rinishlari namoyish etdilar, xalqlar do‘stligi, Vatan va onani tarannum etuvchi ijod namunalaridan o‘qib berdilar, kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etdilar.
Munisa ShOKIROVA, Yashnobod tumanidagi 170-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi