Оnlayn hunar o‘rganamiz
O‘tgan choraklar davomida o‘quvchilar o‘zbek hunarmandchiligining bir necha tiurlani o‘rganishdi, ayniqsa nazariy bilimlarini boyitishdi. Ta’til davomida amaliy mashg‘ulotlarni onlayn to‘garak tarzida o‘qitib borishni niyat qildik. O‘g‘il-qizlar shu kungacha xalq hunarmandchiliging yog‘och o‘ymakorligi, zardo‘zlik, gilamdo‘zlik sirlarini egallashgan, ularni turli ko‘rgazmalarda namoyish etishgan.
Endilikda turli videoroliklar tayyorlab, “Yosh hunarmandlar” nomli onlayn to‘garak tashkil etyapmiz. Masalan, qiyiqcha — belbog’ erkaklar beliga bog’lanadigan ro’mol tikishni o‘rganamiz. Belbog` bizda juda qadim zamonlardan beri foydalanib kelinadi. Hali tugmalar ishlatilmagan zamonlardayoq choponning oldi yopilib turishi uchun belbog` bilan mahkam bog`lab qo`yishgan. Payti kelganda belbog` joynomoz, dasturxon, peshonabog`, dastro`mol, tugun o`rnidaham ishlatilgan. Qiyiqcha-belbog` tikish uchun gulsiz sidirg`a surp, satin, selon, atlas va tovar matolar ishlatiladi. Belbog`ni gullari ilma, yo`rma, suv, bosma va ko`paytiruv choklarida tikiladi va turli o`lchamli bo`ladi. Hozir ham belbog` o`zbek halqining to`y tomoshalarida va boshqa marosimlarida ishlatiladi. Qiyiqcha o`lchami 110X110 sm.
Amaliy mashg’ulot: Avval gazlama 80x80 o’lchamda qirqib olinadi. Chetlari ko`klab chiqiladi.Keyin nusxa ko`chiriladigan qog`ozdan foydalanib, naqsh elementlari tushirib olinadi.
Shoira ABDULLAEVA, Shayhontohur tumanidagi 324-maktabning texnologiya fani o‘qituvchisi