Onlayn ta’til loyihasi amalda
Teledarslar tugaganiga ham ko‘p bo‘lmadi. Endi ta’lim fidoyilari bo‘lgan o‘qituvchilar zimmasida o‘quvchilarning yozgi ta’til kunlarini maroqli o‘tkazishdek muhim vazifa ko‘ndalang turibdi. Samarqand viloyati Narpay tumani XTB metodisti Gulbahor Barnoxo‘jayeva mana shu vazifani chuqur anglagan holda ta’til davrida o‘qituvchilarga metodik tavsiyalar berish, yangiliklar bilan tanishtirib borish maqsadida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun onlayn ta’til loyihasiga ko‘ra konferensiya tashkil etdi.
Videokonferensiya ko‘pchilikni birlashtira oladigan ZOOM programmasida olib borildi. O‘quv seminarida o‘qituvchilar o‘zaro fikr almashdi. Ta’til davrida olib boriladigan ishlar haqida muhokamalar bo‘ldi. Seminar so‘nggida elektron jurnal, kundalik yuritish bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi. Qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Nigora ZOIROVA, Narpay tumanidagi 61-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi