Ota-onalar bilan muloqot daftari
Kitobga mehr – ustozga, ota-onaga, vatanga muhabbat kalititdir. Shunday ekan, har bir o‘qituvchi o‘quvchilarda kitob o‘qish ko‘nikmasini shakllantirishi, rivojlantirishi zarur.
Kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda oila, xususan ota-onalar bilan hamkorlikning o‘rni katta. Mutolaa madaniyatini rivojlantirish maqsadida ota-onalar bilan muloqot daftari yuritganman. Unda quyidagi savollar bor:
1. O‘zingizni yetarli darajada kitob o‘qiyapman deb hisoblaysizmi? 2. Oilaviy kitob javoningiz bormi? Unda jami nechta kitob mavjud? Nechtasi badiiy asar?
3. Farzandingizning savodxonligi va husnixati bilan kuniga necha daqiqa shug‘ullanasiz?
4. Farzandingizni ko‘proq nimalar qiziqtiradi? Badiiy asar o‘qishga chanqoqligi ham bormi?
Bu savollarga ota-ona farzandi, bobo va momolari bilan hamkorlikda javob yozishga harakat qilayotganligi meni quvontiradi. Kasbdoshlarimga ham bu tajribani o‘z faoliyatlarida sinab ko‘rishni tavsiya qilaman.
Gulchehra AHMEDOVA,
Zomin tumanidagi 34-maktabning oliy toifali ona tili va adabiyot o‘qituvchisi