Qiziqarli ochiq dars
Xorijiy tillar fan oyligi munosabati bilan Sergeli tumanidagi 303-maktabning ingliz tili fani o’qituvchilari Latofat Sulaymonova va Gullola Bakirovalar 3-sinf o’quvchilari ishtirokida “Ertaklar olamida” mavzusida noan’anaviy ochiq dars o’tkazishdi. Undan maqsad o’quvchilarning chet tillariga bo’lgan munosabatini ijobiy shakllantirish, o’z ona tillari singari chet tilida ham ravon so’zlay olish kompitentliligini oshirishdir.
Sinf rahbari Nargiza Turg’unova uyga vazifa sifatida berilgan she’r va ertaklarni o’quvchilar ingliz tilida hech qanday qiyinchiliksiz tarjima qila olishdi. Ochiq darsda turli xalqlar kuy qo’shiqlaridan va raqslaridan unumli foydalanildi. Jajji bolajonlar ko’tarinki kayfiyatda ingliz tilida qo’shiqlar kuylashdi va raqslar ijro etishdi.
Bunday noan’anaviy darsda o’quvchilarda axborot bilan ishlash, umummadaniy, kommunikativlik kabi kompetensiyalarni shakillantirishga yordan beradi.
Burhon RIZOQULOV