Ajdodlarga munosib avlodlar
Vatanimiz kelajagi, rivojlanib borayotgan go‘zal diyorimizning jahon maydonidagi o‘rni kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodning milliy an’analarimiz, buyuk siymolarimiz merosiga xurmat bilan qarashi, ularga munosib bo‘lib, ishlarini davom ettirishiga bog‘liq.
Yashnobod tumanidagi 170-maktabda “Vatanparvarlik oyi” doirasida o‘tkazilgan ma’naviy-tarbiyaviy tadbirda ushbu ta’lim maskanining mard va jasur, vatanparvar o‘quvchi-yoshlari ishtirok etdi. Tadbirda beqiyos yurtimizning tinchlik va osoyishtaligi posbonlari — Vatan himoyachilariga atab qo‘shiqlar kuylandi, she’rlar aytildi. Qo‘lida Vatan bayrog‘ini ko‘targan yosh harbiylar musiqa sadolari ostida harbiycha yurish namoyish etdilar. Maktabda tashkil etilgan «Shunqorlar» sport klubi tarbilanuvchilari tomonidan sport musobaqasi o‘tkazildi.
— O‘zbekistonimiz aslida mardlar Vatani! Maktabimiznig mehribon ustozlari, ta’lim fidoyilari, har birimizning oliy maqsadimiz o‘quvchilarimizni yurtiga, ona xalqiga muhabbatli, fidoyi vatanparvar etib tarbiyaashdir. Bugungi tadbirda ham bolalarimiz ko‘zlari chaqnab, ko‘tarinki ruhda qatnashib, ajdodlarimizga munosib avlod ekanini yana bir bor namoyish etdi, — deydi maktab rahbari Mavjuda Ergasheva.
Munisa SHOKIROVA, Yashnobod tumanidagi 170-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi