Barhayot siymolar
Toshkent shahar Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazida Alisher Navoiyning tavalludining 580 va Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludining 538 yilligiga bag‘ishlangan ,,Barhayot siymolar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy kecha o‘tkazildi.
Tadbirda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari, shoir G‘ayrat Majidov, filologiya fanlari nomzodi G‘afur Eshmonov va ,,Tillar o‘qitish metodikasi’’ kafedra mudirasi Sayyora Isroilovalar tashrif buyurib Navoiy va Bobur ijodi haqida to‘liq ilmiy ma’lumotlar berdi.
Tadbirda ona tili va adabiyot yo‘nalishining 14-guruh tinglovchilari faol ishtirok etishdi. A.Navoiy va Z.M.Boburning hayot yo‘llari va asarlari asosida sahna chiqishalari ijro etildi, ruboiy va g‘azallaridan namunalar o‘qildi, san’atkorlar talqinidagi go‘zal mumtoz qo‘shiqlari ijro etildi.
Muhayyo SALOMOVA,Yunusobod tumani 265-maktab ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi,
Bo‘rigul NURMUHAMMEDOVA, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi