Milliy libos – jamiyat ko‘zgusi
Toshkent shahri Chilonzor tumani 126-maktabda “Yosh ijodkorlar ko‘rgazmasi” hamda O‘zbekiston Хalq artisti Botir Zokirovning 85 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Bu tadbirdan ko‘zlangan maqsad yosh avlodning ijodkorligini bilish, o‘z ijod namunalarini ommaga tadbiq qilish. Shunindek, o‘quvchilar yillar davomida o‘rganib kelgan taomlarini, o‘z qo‘l mehnatini, to‘quvchilik, kashtachilik namunalarini yig‘ilganlarga namayon qilishdi. Ayniqsa sinflar o‘rtasida “Eng yaxshi palov tayyorlash” musobaqasi ham bo‘lib o‘tdi. Mazkur ko‘rgazmaga qiziquvchi o‘quvchilar uchun tengdoshlari ijodi bilan yaqindan tanishish, ular bilan tajriba almashish imkonini yaratdi. O‘quvchilar o‘z his-tuyg‘ularini ta’lim, sport, oila, mahalla, madaniyat, tabiatga oid ijod namunalarida aks ettirgan.
– Tadbirda juda ko‘p iste’dod egalarini kashf etdik. Juda katta ta’assurot oldim qatnashib, – deydi Al-Xorazmiy mahallasi raisi o‘rinbosari Yulduz Ismoilova. – Mamlakatimizda yoshlarning o‘z qobiliyatini namoyon etishi uchun barcha sharoit yaratilgani o‘zimga ishonchni oshirmoqda.
Libos nafaqat insonning tashqi ko‘rinishi bezagi, balki undagi axloq-odob, ma'naviyat va madaniyatning belgisidir. Milliy liboslarimizda o‘zbek xalqining qadimiy va o‘chmas ma'naviyati va boy qadriyati aks etgan. Tadbir davvomida, o‘quvchi qizlar tomonidan “Milliy liboslar” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirlar milliy liboslar san'atini rivojlantirish, ommabop darajasiga olib chiqish, milliy liboslarning estetik qamrovini kengaytirish va milliylikni tarannum etishga xizmat qiladi. Tadbir yakunida, “Milliy taomlar” tanlovida faol ishtirok etgan sinflarga ,eng faol milliy liboslar ustalariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi – Milliy yuksalish bosqichi davrida yoshlarimizni sog‘lom fikrlaydigan, mafkuraviy immunitetga ega, ona Vatanga sadoqatli, umuminsoniy va milliy qadriyatlari asosida tarbiyalash asosiy vazifamizdir.
Marg‘uba QORABOYEVA, 126-maktab o‘qituvchisi