Bolalarni nazoratsiz qoldirmang!
Malumki, xalq xo‘jaligi rivojida gaz yoqilg‘isi muhim va asosiy o‘rinda turuvchi nematdir. Shu bois mazkur nematdan xavfsizlik qoidalari asosida foydalanishga e`tiborni kuchaytirish har bir kishidan talab etiladi. Keyingi paytda ana shu masalaga davlat ahamyatiga molik vazifa sifatida qaralayotganligi ham bejiz emas. Xalq xo‘jaligi maskanlari, shuningdek, aholi turar joylari fuqarolarning tinch va osoyishta yashashlari uchun barcha choralarni ko‘rish, joylarda yonginlarning oldini olish va iqtisodiy tarmoqlar xavfsizligini taminlashdan iboratdir.
Beparvolik katta talofatlarga olib kelishini har birimz ham tushunavermaymiz, Oddiy qoidalarga rioya qilmaslik-bu tinchlik-osoyishtalik, qut-baraka, eng qadrli va muqaddas oila, shirin farzand va yaqin insonlardan judo bo‘lish, bir umrga nogiron odamga aylanib qolish degani.
Sir emas, kunlar sovishi bilan barchamiz xonalarni isitish maqsadida gaz va elektr asboblaridan foydalanamiz lekin qay tarzda? Oramizda nosoz yoki qo‘lbola elektr va gaz moslamalarni ishlatgan holda xonadonni kulga aylantirib, o‘zlari ham qurbon bo‘lib ketgan insonlar ham bor.
Shu o‘rinda fuqarolarimiz xavfsizlik qoidalarini bilsalar-da. unga loqaydlik bilan qaramoqdalar. GAZ HIDINI SEZGANDA GUGURT CHAQISH MUMKIN EMASLIGI, gaz quvirlarni o‘zboshimchalik bilan gaz plitalariga rezina shlangalar yordamida, yong‘in xavfsizligi qoidalariga zid ravishda ulab, xonadonini talofatlarga olib kelayotgan insonlar ham topiladi .
Bu esa o‘zlarining moddiy zarar ko‘rishlariga va jiddiy tan jarohati olishlriga sabab bo‘lmoqda. Bunday asabbuzarlik va talofat bo‘lmasligi, uyingizda ofat balosi chiqmasligi uchun gaz bilan foydalanish, yong‘in xavfsizligi qoidalriga rioya qilishingizni so‘rar edik.
Xusan Mamajanov,
Turkiston YXTTEB kichik inspektori, katta serjant