Muhim masala
Dunyoning barcha davlatlarida bo‘lgani kabi mamlakatimizda ham atrof-muhitni muhofaza qilish dolzarb masalalardan biribo‘lib kelgan.
Uzoq vaqt mobaynida odamlar tomonidan biosferaga keltirilgan o‘zgarishlar juda sekin va sezilarli darajada bo‘lmagan.XIX asrning oxiriga kelib esa bu o‘zgarishlar o‘zini sifat jihatidan namoyon qila boshladi. XX asrning birinchi yarimida atrof muhitda o‘zgarishlar jadallashib, turli salbiy holatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
Hozirgi kunda hayotimizning barcha sohalarida polimer, plastmassa materiallar ko‘plab ishlab chiqa-rilmoqda va ulardan tayyorlangan qurilish materiallari, tibbiyot jihozlari, idish-tovoqlar va boshqalar keng qo‘llanilmoqda. Bunday materiallarning ishlati-lishi yong‘in xavfini orttirib yuborishi mumkin. Texnologik jarayonlarning buzilishi, odamlarning beparvoligi natijasida yong‘inlar sodir bo‘lmoqda.
Yong‘inlarda asosan zarar keltirib chiqaruvchi xavfli omillar ko‘p miqdorda ajralib chiqadigan issiqlik va tutundir. Tutun atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbadir. Yong‘inlarda yog‘ochlar, matolar, benzin, kerosin, mazut, polimer, plastmassa kabi materiallar juda yaxshi yonadi.
Yong‘inlarda hosil bo‘ladigan tutunlar quyidagi sabablarga ko‘ra xavf tug‘diradi: – yuqori haroratga ega ekanligi; – yonish va issiqlikdan oksidlanishdagi parchalanish mahsulotlari tarkibiga kiruvchi ba'zi moddalarning (HCN, CO, HCI va h.k.) zararligi; - tutunning shaffof emasligi. Bularning barchasi ko‘rishni pasaytiradi va yong‘in paytida odamlarning harakatini qiyinlashtiradi.
Turgun XOJIMURADOV, Turkiston YXTTEB boshlig‘i, mayor