Sport maktabida ochiq chempionat
Uchquduq tuman Bolalar-o‘smirlar sport maktabida sportning erkin kurash turi bo‘yicha ochiq chempionati tashkil etildi
Musobaqada 2003—2012 yillarda tug‘ilgan 120 nafar o‘quvchi-sportchi 15 ta vazn toifasida bahs olib borishdi.
Ushbu musobaqada 20 kg. vazn toifasida Kamron Toirov, 23 kg. vazn toifasida Bilol Nasriddinov, 26 kg. vazn toifasida Ibroxim Xaytmurodov, 29 kg. vazn toifasida Ozodbek Yaxshiyev, 32 kg. vazn toifasida Asror Rahmatov, 35 kg. vazn toifasida Baliy Nurimxanov, 38 kg. vazn toifasida Bexruz Toirov, 41 kg. vazn toifasida Sevinchbek Sulaymonov, 44 kg. vazn toifasida Shoxjaxon Otabekov, 48 kg. vazn toifasida Siroj Nasriddinov, 51 kg. vazn toifasida Mirzabek Raxmatullayev, 55 kg. vazn toifasida Islom Xolboyev, 60 kg. vazn toifasida Abbos Otiroqov, 70 kg. vazn toifasida Asadbek Maqsudov, 80 kg. vazn toifasida Azizbek Yo‘ldoshevlar 1-o‘rinni qo‘lga kiritib musobaqaning mutloq g‘olibiga aylandi. G‘oliblarni sport maktabi ma’muriyati diplom va medallar bilan taqdirladi.