Ayni paytda qancha oliy ma’lumotli yoshlar xorijda ishlayapti?
Oliy ta’lim
30 / 04 / 2019
Savol: O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasasini tamomlab, chet elda ishlayotgan yoshlar statistikasi yuritiladimi? Ayni paytda qancha oliy ma’lumotli yoshlar xorijda ishlayapti?
Zuhra NORBOYEVA, uy bekasi Urganch shahri
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, 2018-yilda jami mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirayotganlar soni 2,4 millionga yaqin. Ularning yoshi va ma’lumoti bo‘yicha ko‘rsatkichlar statistika idoralari tomonidan yuritilmaydi.
Savolga Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M.ZIYADULLAYEV javob berdi.
"Ma’rifat” gazetasi tahririyati RUXSATISIZ sayt materiallarini tarqatish taqiqlanadi.