Qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirish muddati 15-martga qadar uzaytirildi
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020-yil 4-fevraldagi 12-son bayoni bilan qo‘shni davlatlar (Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston)dagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga o‘qishini respublikamiz oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirishga ruxsat etilgan edi.
Qo‘shni davlatlar (Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston) oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar va ularning ota-onalaridan kelib tushgan ko‘plab murojaatlarni inobatga olgan holda, fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida arizalarni qabul qilish muddati 2020-yil 15-martga qadar uzaytirildi.
Respublikaning barcha hududlarida bittadan oliy ta’lim muassasasida Hududiy ishchi guruhlari tashkil etilgan.
Talabgorlar 2020-yil 15-martga qadar doimiy yashash hududida tashkil etilgan ishchi guruhga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
— ariza (joyida to‘ldiriladi);
— reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma (transkript) nusxasi;
— pasport nusxasi.
Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini respublika oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, fuqarolar tomonidan Hududiy ishchi guruhlarga zarur hujjatlar to‘g‘ri va to‘liq holatda taqdim etilganda, so‘zsiz qabul qilinadi.
O‘qishni ko‘chirishda hech qanday imtihon bo‘lmaydi!
Hamyurtlarimizni o‘z xizmatlarini taklif qiladigan ayrim firibgarlarga aldanib qolmaslikka chaqiramiz.