O‘zbekiston — Koreya xalqaro universitetida qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi?
Oliy ta’lim
12 / 06 / 2020
Farg‘ona shahridagi O‘zbekiston – Koreya xalqaro universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Ta’lim dargohida gumanitar hamda texnik-muhandislik yo‘nalishlarida ta’lim beriladi. Xususan, turizm menejmenti, maktabgacha ta’lim, menejment va kompyuterlashtirilgan buxgalteriya hisobi, mashinasozlik muhandisligi, kelajak avtomobilsozligi injiniringi, arxitektura muhandisligi, energetika va kimyo muhandisligi kabi yo‘nalishlarda malakali mutaxassislar tayyorlanadi.
4 ming nafar talabani qabul qilish imkoniyatiga ega muassasada yakunlangan dastlabki o‘quv yili 720 nafar yigit-qiz saboq oldi.
Manba: www.uza.uz