O‘zbekiston hukumati rahbariyati qaysi institutlarni tamomlagan?
Oliy ta’lim
2 / 07 / 2020
O‘zbekiston hukumati rahbariyati qaysi OTMlarni tamomlagan? Ushbu savolga “Yuksalish” umummilliy harakati javob izladi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh vazirning 5 nafar o‘rinbosaridan 4 nafari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bitirgan. Shu bilan birga, ularning 3 nafari xorijiy OTMlarda ta’lim olgan. Jumladan, Bosh vazir o‘rinbosari — Iqtisodiy taraqqiyot va kamabag’allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Kolorado shtati iqtisodiyot instituti (AQSH)ni, Bosh vazir o‘rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Reding universiteti (Buyuk Britaniya)ni, Bosh vazir o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Xitotsubasi universiteti (Yaponiya)ni tamomlagan.