Samarqand davlat universitetining Urgut filiali tashkil etiladi
Oliy ta’lim
2 / 07 / 2020
Samarqand viloyati hokimining 2020-yil 1-iyuldagi qaroriga ko‘ra, Urgut agrosanoat va servis kasb-hunar kollejining bino va inshootlari tumandagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga qo‘shimcha bino sifatida beriladi. Bu haqda Z arnews.uz xabar berdi.
Tumandagi iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji o‘rnida esa Samarqand davlat universitetining filialini tashkil etish belgilandi.
Bundan tashqari, Samarqand davlat universitetining 3-akademik litseyi bino va inshootlari universitet huzurida aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan iqtidorli o‘quvchilar maktabini tashkil etish uchun ajratildi.